Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Navoiy usruk esa subhu shom, tonglamakim,
Azalda kilki qazo chekti bu raqam bizga. 
28 
Yorlardin qilibon ram go‘yo,
Bo‘ldung ag‘yorg‘a hamdam go‘yo. 
Xayli ushshoqki, mardud etting,
Bormen ul xaylda men ham go‘yo. 
Dudi oh ichra qora kiymishlar,
Bo‘ldi ishq ahlig‘a motam go‘yo. 
Buki, devona ko‘ngul sevdi pariy,
Bevafodur bani odam go‘yo. 
Girdibolisht anga xurshid o‘ldi,
Ul erur Isoi Maryam go‘yo. 
Olam asbobi uchun g‘am yemagil,
Arzimas bunchag‘a olam go‘yo. 
Ey Navoiy, buki, aylandi habib,
Yo‘qtur ul zaxmg‘a marham go‘yo. 
29 
Chiqmaq usruk dog‘i ul kofiri bebok balo,
Mastlig‘din yaqo ham aylamagi chok balo. 
O‘lturur qahriyu lutfi, bas erur bo‘lg‘anda
Ul pariy chehra g‘azabnoku tarabnok balo. 
Yuzu qaddi gul ila sarvni o‘rtabki, erur
Ham xadi pok balo, ham qadi cholok balo. 
Mehrn ruxsorng‘a ko‘z solsam o‘larmenkim, bor
Zaqanidin yuzu manglayig‘acha pok balo. 
Raxsh surganda o‘kush jonlar erur xokirahing,
Ko‘rmadi sen kebi hargiz kurrai xok balo. 
Kim balodin qocha olg‘ayki, qilib davr aylar
Xalq boshi uza parvizani aflok balo. 
Lam’ai orazidin kuysa Navoiy ne ajab,
Torta olg‘aymu choqin yo‘lida xoshok balo. 
30 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Do‘st bo‘lmas gar jamol ahliga jon qilsang fido,
Dushmani jondur agar jonu jahon qilsang fido. 
Xasta joningg‘a baloyi jovidondur qotile
Kim, tamannosig‘a umri jovidon qilsang fido. 
Ey ko‘ngul, ko‘rsang labu qaddin, kerak shukronag‘a
Javhari joning bila naqdi ravon qilsang fido. 
Dedi: kelgum so‘rg‘ali, ey ishq, jonim asrag‘il,
Kim kerakkim, kirgach ul nomehribon, qilsang fido. 
Umrg‘a yo‘q e’timod, ey xasta jon, o‘zni kerak
Ul ko‘ngul oromini ko‘rgan zamon qilsang fido. 
Jilva aylar har taraf bir mug‘bacha, ey piri dayr,
Jonim olibsen, bil ani har qayon qilsang fido. 
Ey Navoiy, kosh yuz joning bo‘lub, jononadin
Istamay bir vasl, borin roygon qilsang fido. 
31 
Yor dardim so‘rmayin ko‘nglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo. 
Bermayin zaxmin jigar qonig‘a taskin gunae
La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo. 
Daf’i savdo istadim la’li mayidin bir yo‘li,
Ul pariy savdozada ko‘nglumni majnun qildilo. 
Ey ko‘ngulkim, sabr tog‘in maskan etting, oqibat
Tund sayli ishq ul tog‘ingni homun qildilo. 
Besutung‘akim sutun Farhod bo‘ldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidag‘i nun qildilo. 
Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo. 
Qatra xo‘yluq orazing vasfin Navoiy qilg‘ali
Lutfi tab’ abyot nazmin durri maknun qildilo. 
32 
Vahki, bo‘ldum ishq aro bir bevafog‘a mubtalo,
Bo‘lmasun ahli vafo mundoq balog‘a mubtalo. 
Anglag‘ay majnunlug‘u bedillig‘imni har kishi


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin