Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
To ne afsun qildi ul sohirki, dilkash nomasi
Oldi ham jismim qarori, ham ko‘ngul oromini. 
Jomi ishrat tortmoqdin yaxshiroq ish topmadim,
Chunki bu davr ichra topmas kimsa ish anjomini. 
Bu kecha qosid malolidin agar vahm etmasam,
Ey Navoiy, kim topa olg‘ay so‘zum itmomini. 
609 
Ul oykim shomdin to subhgah masti xarob o‘lg‘ay,
Ajab yo‘q, subhdin to shom gar ham masti xob o‘lg‘ay. 
Ko‘ngullarni siyosat qilg‘alidur, yo‘q esa nevchun
Yuzi suyida ikki toblig‘ mushkin tanob o‘lg‘ay. 
Ko‘ngul zulfung aro talpinsa, hayrat qilmakim, qushning
Ishi chun dom aro bo‘ldi giriftor, iztirob o‘lg‘ay. 
Yuzung mehri shuoyi birla ashkim ham erur moni’, 
Emas ulkim, jamoling moni’i yolg‘uz niqob o‘lg‘ay. 
Labing hajrinda ashk o‘rnida qon yog‘dursam, ermas ayb,
Qizorg‘an ko‘zlarim chun uylakim, rangin sahob o‘lg‘ay. 
Qani rangin qadah, chun ko‘nglum o‘lmish dahrdin mahzun
Ki, g‘am daf’ig‘a yoquti mufarrih la’li nob o‘lg‘ay. 
Mening umrum sen, ey soqiy, erur chun umr ishi ta’jil,
Sanga ham o‘z ishingda avlo uldurkim, shitob o‘lg‘ay. 
Ne bo‘lg‘il tiyra, ne ravshan zamonekim, gari qilmas
Zamon ahli agar xud soya, yoxud oftob o‘lg‘ay. 
Navoiy, dayr piri birla bo‘lsun mug‘bacha yeri,
Jununungg‘a gahikim, hazl etar el shayxu shob o‘lg‘ay. 
610 
Asrading kuydurgali ushshoqi muztar ko‘nglini,
Bog‘bondekkim, o‘tun qilg‘ay sanavbar ko‘nglini. 
Otqan o‘qni, bilki, qaytarmaqchadur paykon bila
Javrdin qaytarmaq ul sarvi sitamgar ko‘nglini. 
Gulbunungda g‘uncha ko‘nglumdek emas, ey bog‘bon,
Ochilurdektur, xayol etsang aning har ko‘nglini. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
311
Tig‘ ila ko‘ksumni yorsang, shu’lai ohim ne tong,
Chun yolin ortar, kishi chok etsa axgar ko‘nglini. 
Netti sog‘ardek safo bersa mening ko‘nglumga ham,
Ulki, sofiy may bila sof etti sog‘ar ko‘nglini. 
Ey mug‘anniy bir navoe dilkusho tuzgilki, chang
Rishtai nag‘mangg‘a bog‘labtur sarosar ko‘nglini. 
Ey Navoiy, g‘unchani dam birla ochqandek qilur,
Xalq pandi sen kebi mahzuni abtar ko‘nglini. 
611 
O‘pmak istar chog‘da la’li jonfizosin tishladi,
Qo‘l zanaxdonig‘a chun so‘ndum — yaqosin tishladi. 
Tish bila munglug‘ ko‘nguldin muddai chekti o‘qin,
Rost it yanglig‘ki, soyilning asosin tishladi. 
Darddin bag‘rig‘a zori dam-badam berkitti tish,
Qut uchun bemor yanglig‘kim, g‘izosin tishladi. 
Ko‘rdi chun Layli yuzinda nil qildi nilgun,
Baski, Majnun jismi zori mubtalosin tishladi. 
Dunki, majruh etti o‘z yorin xushunat birla bor,
Itki, nomardumlug‘idin oshnosin tishladi. 
Og‘zi qillik shisha bazm ichra ushatqach muhtasib,
Qozi ani ko‘rdiyu qaytib mahosin tishladi.
Ey Navoiy, o‘lsa o‘ldummu degay ulkim ichib,
Yor elidin jomu la’li jonfizosin tishladi. 
612 
Dayr ko‘yida bugun asru alolo erdi, 
Chun yetishtim yugurub, turfa tamosho erdi. 
Piri dayr o‘lturubon sarxushu ollida aning,
May tag‘ori to‘la ul nav’iki, daryo erdi. 
Yer tutub bir yonida mug‘bachai bodafurush
Kim, ishi dinu xirad mulkiga yag‘mo erdi. 
Yana bir yonida ul mug‘bachaning zulfi kebi,
Ukulub rishtai zunnoru chalipo erdi. 
Dayr ayvoni bila gunbadi rif’at yuzidin,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin