Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Shom ila subh ar sarig‘ og‘rig‘ emaslar, bas nedur,
Tun
sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmaq azo.
Dardi tufroqqa nihon etti Navoiy jismini,
Topibon bir shusha oltun, dafn qilg‘andek gado.
38
Kimsa hargiz ko‘rmadi chun ahli davrondin vafo,
Ulki
davron ofatidur, ne tama’ andin vafo.
Jonu umrum uldurur, gar bevafo bo‘lsa, ne tong,
Qayda ko‘rmish kimsa hargiz umr ila jondin vafo!
Gar vafo qilsang, erur andinki, bordursen pariy,
Yo‘qsa, kim olamda ko‘rmish nav’i insondin vafo!
Vahki, davron ahlidin juz bevafolig‘ kelmadi,
Har nechakim, ko‘rdilar men zori hayrondin vafo.
Chun vafo gulbargi dazron bog‘ida ochilmadi,
Bejihattur kimki istar bu gulistondin vafo.
Kimsa ko‘nglin,
kimsadin istab vafo, oldurmasun
Kim, manga xud yetmadi ul ko‘nglum olg‘andin vafo.
Ey Navoiy, gar vafosiz chiqti ul sultoni husn,
Topting eldinkim, tilarsen emdi sultondin vafo.
39
Zihi anda makon topibki, yo‘q mumkin
makon anda,
Yetib andaki, yetmas aqlu fahmi xurdadon anda.
Kishi bu nav’ xilvatni nachuk qilg‘ay taaqqulkim,
Haq anda mizbon bo‘lg‘ay, habibi mehmon anda.
Bu xilvat rozig‘a nomahram o‘lmag‘liq tariqinda,
Malak bo‘lg‘ay hamon anda, bashar bo‘lgay hamon anda.
Yiroqtin anbiyo arvohi soyir posbon yanglig‘,
Chu shah matlub ila bo‘lg‘ay, ne mahram posbon anda.
Nachukkim, mehmong‘a tuhfa chekmak rasmi davr, bo‘lg‘ay
Ulusqa rahmati jovidi osori ayon anda.
Makon birla zamondin so‘rmakim, yo‘qluqda bor erdi
Zamon yanglig‘ makon anda, makon yanglig‘ zamon anda.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: