Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Bu devonalig‘ ishqdindur alomat.
Qading jilvasidin ulus bo‘ldi jonsiz,
Dema ani qomatki, ul bor qiyomat.
Manga solim o‘l,
deb duo qilmangizkim,
Beganmas salomatni ahli malomat.
Chu ko‘nglum bila oshiq o‘ldum, gar o‘lsam,
Qachon sud qilg‘ay bu soat nadomat?
Karam aylab, ey mug‘, manga boda tuttung,
Qachon shayx ko‘rguzdi mundoq karomat!
Navoiy sening uchun ar o‘ldi, jono,
Sen annng uchun bo‘l, ilohi, salomat.
78
Bo‘lmisham oshiq yana, ey aqli nofarjom, ket,
Tun-kun ish bo‘lmish manga chekmak labo-lab jom, ket.
Bir qadahkash mug‘bacha ko‘nglum olibtur dayr aro,
Dinu
taqvo jonibidin, ey xayoli xom, ket.
Dayr piri chun belumga bog‘ladi zunnori kufr,
Ibrat ol, ey muqtadoi zumrai islom, ket.
Keldingu pandim deding,
ey shayx, sen ham pand eshit,
Qo‘pqilu dayr ichra bo‘lmastin burun badnom, ket.
Men harimi dayr aro tutum maqom, ey porso,
Sen haram azmig‘a gar bog‘lab esang ehrom, ket.
Mastu rasvomen xarobot ichra ko‘rdung,
ey rafiq,
Bo‘lmag‘ung bo‘lsang meningdek rindi durdoshom, ket.
Kelmas ergach rindlar bazmig‘a, ketmak istama,
Gar ketar bo‘lsang ichib, dog‘i tutub bir jom, ket.
Ey ko‘ngul, chun bevafodur odamiy,
topsang pariy,
Azm etib ul yon, bu sari qo‘ymayin bir gom, ket.
Ey Navoiy, chun bu gulshan gullarida yo‘q vafo,
Anda ko‘nglung bulbulig‘a bermagil orom, ket.
79
Kelmagil mayxonag‘a, ey shayxi oliy joh, qayt,
Yo‘qsa xirqang boda rahni bo‘lg‘usi, billoh qayt.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: