Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
123
239
Qilding ofat barqidin jonimg‘a o‘t yoqmaq havas,
Tifl o‘t yoqmoq uchun qilg‘andek o‘t choqmaq havas.
Telba ko‘nglum shu’lai
ishqingni asrar jon aro,
Uylakim ahli junun aylarlar o‘t yoqmaq havas.
Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin,
Boqa olmon necha ko‘z istar sanga boqmaq havas.
Ishq jurmin bo‘ynuma tuttum, vale
bu jurm uchun,
Qilmading zulfung tanobin bo‘ynuma toqmaq havas.
Sayli ashkim istaram sursam, vale ko‘yung sari,
Istamon vayron qilur andishadin oqmaq havas.
Bazmi himmat ichra may ichsam,
qilurmen hazl uchun,
Charxning farqi uza rad ilgini qoqmaq havas.
Necha o‘t yoqmaq havas qilg‘ung Navoiy jonig‘a,
Anda bir qilsang bo‘lur marham dog‘i yoqmaq havas.
240
G‘amzangni kishi nazzora qilmas
Kim, bag‘rini pora-pora qilmas.
Dardimg‘a agarchi yo‘q shumora,
Ishqing muni ham shumora qilmas.
Bechora meni dengiz g‘am ichra
Kim, yor g‘amimg‘a chora qilmas.
Qilg‘anni jahong‘a ohu ashkim,
Charx aylamasu sitora qilmas.
Ishq qildi ko‘ngulga dardi hajring
Kim, shishag‘a sangi xora qilmas.
Topmas
kishi dahr bazmidin kom,
Kim, majma’idin kanora qilmas.
Xilvat aro kirgali Navoiy,
Juz maxlasin istixora qilmas.
241
Ul oy bo‘lmay manga mahbubu ma’nus,
Meni vaslidin etti charx ma’yus.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: