Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


ZOD HARFINING ZAMIRON BO‘YLARINING, ZIYoSI «FAVOYID»DIN



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

ZOD HARFINING ZAMIRON BO‘YLARINING, ZIYoSI «FAVOYID»DIN 
 
276 
Vah, nelar bo‘ldi menga ishq g‘amidin oriz,
Yuz ming oncha dog‘i hijron sitamidin oriz. 
Ishqu hijron o‘tidin oriz ekancha yuz ming,
Bo‘ldi ag‘yorg‘a ashkim alamidin oriz. 
Sabru oromim uyiga bu yiqilmoq bo‘ldi,
Sar-basar ko‘zlar aro ashk namidin oriz. 
Xirmani hushuma kuymak ham erur ko‘nglumning
Hajr aro soiqakirdor damidin oriz. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
Kishvari xotirima muncha buzug‘lug‘lar erur
Barchasi xayli muhabbat qadamidin oriz. 
Ko‘ngluma mug‘bachalar ishvasidin jon xatari,
Dayr pirining o‘lubtur karamidin oriz. 
Tori jismingg‘a, Navoiy bu qadar tob o‘lmish,
Ul sanam turrasining pechu xamidin oriz. 
277 
Holim kim ekin aylaguchi yorg‘a ma’ruz,
Men bedil ishin qilg‘uchi dildorg‘a ma’ruz. 
Yerlar o‘pubon ashk to‘kub, nolalar aylab,
Bir xasta g‘amin etkuchi g‘amxorg‘a ma’ruz. 
Ey bodi sabo, jon sadqang, gar qila olsang
Zori so‘zin ul boisi ozorg‘a ma’ruz. 
Qo‘pqanda sabuhi uchun etsang bu hazinning
Baxt uyqusin ul davlati bedorg‘a ma’ruz. 
Hijroni xumori aro ranjur o‘larimni,
Kim aylagay ul dilbari xammorg‘a ma’ruz. 
Hajrim tunida charxki qoldi harakatdin,
Ey ashk, qil ul kavkabi sayyorg‘a ma’ruz. 
Bu dardu firoq ichra Navoiyki, topilmas
Bir-bir kim ekin aylaguchi yorg‘a ma’ruz. 
278 
Ey, yetib la’ling mayidin ruhuma osori fayz,
Lam’asidin kasb etib ko‘nglum uyi anvori fayz. 
Olloh-olloh, ne labu ne nutqi ruhoso ekin 
Kim, Masiho birla Xizr andin qilur izhori fayz. 
Fayzlarkim, yetti ishqingdin manga, ofoqni
G‘arqa aylar fayz bahri, aytsam asrori fayz. 
Bu jazo munkirga bas ermasmu kim foiz dedi,
Qobili fayz ermas ulkim, aylagay inkor fayz. 
Kir xarobot ichrakim, bir jur’asidin yetkurur,
Fayzni yuz shayxcha bazm ahlig‘a xammor fayz. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Dayr piridin yetar yuz fayzu bir yo‘q shayxdin
Kim, munga yetmish yaqin fayzu anga pindor fayz. 
Ey Navoiy, mug‘tanamdur piri dayru mug‘bacha 
Kim, biridin yetmasa, yetar biridin bor fayz. 
279 
Ey, latofatda sanga lolayu nasrin oraz,
Bizga aning g‘amidin qon bila rangin oraz. 
Meni ul ko‘yida bexud ko‘rub el der: o‘lmish
Qo‘yubon ollida tufroqqa miskin oraz. 
Naylayin ul qaddu oraz g‘amidin bog‘nikim,
Anda yo‘q sarv sifat qaddu gul oyin oraz. 
Har pariy tavrida ul orazu lab o‘lturadur
Kim, base tuzluq erur ul labu shirin oraz. 
Yangi gulbarglari hoshiyasidin bo‘lmish,
Orazing ollida zoli anga purchin oraz. 
Demakim, bog‘da yeldin to‘kulubtur gulkim,
Xo‘blar qo‘ydi ul oy yo‘lida chandin oraz. 
Chu Navoiy ko‘rubon yor yuzin, jon berdi,
G‘amza ta’riz etibon ayladi tahsin oraz. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin