Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
148
Manga
ul jomni gar tutsa, fidosidur aning
Ilmu dinu xiradu zuhd ila taqvo majmu’.
Dayr piri bila to mug‘bacha bo‘lmay, qilma,
Ey Navoiy, yigitu qarig‘a holingni ruju’.
289
Qilg‘ali begonalarga oshno jonona tab’,
Oshnolarg‘a bo‘lubtur, voykim, begona tab’.
O‘rtanurmen tokim ul el tiyra shomim yorutur,
Bo‘lg‘ali ul sham’vash, men bo‘lmisham parvona tab’
Xoli sari aylasa parvoz ko‘nglum,
tong emas,
Kim taajjub aylagay gar qushqa istar dona tab’,
Yor chun kulbamga kirmas, xonumon tark ayladim,
Yo‘qsa bo‘lmoq istamasmu yor ila hamxona tab’.
Men
jahon afsonasi, ul sho‘x mayl etmas, netay,
Garchi sho‘x atfolig‘a doim tilar afsona tab’.
Yor to azm etti, ta’bimg‘a buzug‘lug‘ qo‘ydi yuz,
Bo‘lmisham ul husn ganji hajridin vayrona tab’
Davlati boqiy tilar ko‘nglung,
fano kasb aylakim,
Dahri foniy sari mayl aylamas farzona tab’.
To meni dayr ichra rasvo ayladi ul mug‘bacha,
Bog‘ladim zunnoru istar sog‘aru paymona tab’.
Ey Navoiy, ul vafosizdin qutulsang, tutma uns,
Har nechakim bevafolar mayli qilsa yona tab’.
290
Masti bebokim qachon holimg‘a bo‘lg‘ay muttale’
Kim, qulog‘ig‘a
desam sirrini, bo‘lmas mustame’.
Jam’ etar chog‘da ko‘ngul, zulfung parishondur base,
Lek solurda parishonlig‘, bo‘lur ko‘p mujtame’.
Qahr qilsa o‘lturub, bu turfakim, lutf
etsa ham,
Qatl ishida bo‘lmish ul qotil bag‘oyat muxtare’.
Tufrog‘imni yel sovurmay ko‘yidin sof o‘lmadi,
Bo‘ldi bori, bor esa mendin g‘ubori murtafe’.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: