Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
163
Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq,
La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.
Garchi hajringdin yomon holatda men,
lekin manga
Kimki andin yaxshiroq yo‘q, sensen andin yaxshiroq.
Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun,
Gar tilarsen, topmag‘ung men notavondin yaxshiroq.
Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad
Kim, bu nav’ ovoralig‘ yuz xonumondin yaxshiroq.
Istasang, ey ishq, Majnun o‘rnig‘a sargashtae,
Bilki, topqung yo‘q bu rasvoi jahondin yaxshiroq.
Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qo‘ysam, ne tong,
Kimki yo‘q
andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq.
Ey Navoiy, xurdai nazmingg‘a isloh istasang,
Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq.
319
Ul pariyvash muddaig‘a mehribondur, bizga yo‘q,
Filmasal ollida aning itga sondur, bizga yo‘q.
Ko‘yida itlarga
maskandur valek qavlar meni,
Vahki, hamdamlarga anda xonumondur, bizga yo‘q.
Elni har dam o‘lturur, bizni bu g‘am o‘lturdikim,
Lutfi aning o‘zgalarga har zamondur, bizga yo‘q.
Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa,
Gardg‘a
chun ostonida makondur, bizga yo‘q.
Itlari mehmon bo‘lurg‘a yo‘q hadim, ne nav’ dey
Kim, ul oy mahsuslarg‘a mehribondur, bizga yo‘q.
Hay deguncha chun o‘tar ham ayshu ham g‘am, bas nedur,
Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yo‘q.
Qismat
ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim,
Elga bu ish mujibi ohu fig‘ondur, bizga yo‘q.
320
Birov jismig‘a otsa ul siymtan o‘q,
Mening jonima sanchilur yuz tuman o‘q.
Budur turfakim, buyla holimni anglab,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: