Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Ishq oyinida bid’atlar tuz etting zulm aro,
Qaysi bir mazhabdasen, kofurdek o‘lg‘ay mubtade’. 
Ishq o‘tin tark etmasam nosih so‘zi birla, ne tong,
Pand ila parvona kuymaktin bo‘lurmu mumtane’. 
Do‘stlar, yozg‘urmang ar daf’ aylay olmon ishq o‘tin,
Chora birla kim qazo bo‘lg‘anni qilmish mundafe’. 
Kim fano dashtig‘a kirdi, o‘zni hamroh etmasun,
Qat’ chun bo‘lmas bu yo‘l, o‘zluktin o‘lmay munqate’. 
Ko‘rgach ul oyni Navoiy tortti bexud fig‘on, 
Kim bo‘lur behud, fig‘on qilmoqtin o‘lmas muttale’. 
Dilbar yuzin ko‘rarga bo‘ldi niqob mone’,
Ul nav’kim, quyoshqa bo‘lg‘ay sahob mone’. 
Terga uzoring andoq g‘arq o‘ldikim, ko‘runmas
Kim ko‘rdi ul ko‘rarga bo‘lg‘ay gulob mone’. 
Kulgilki, zohir o‘lsun g‘unchangda jolalarkim,
Dur rishtasig‘a bo‘lmish yoquti nob mone’. 
Ko‘zda yoshunmish ul oy, ashkim boshimdin o‘tmish,
Daryoda kim ko‘rubtur durg‘a hubob mone’. 
Ul g‘amza qon qilurg‘a, ul ko‘z vafo qulurg‘a,
Bedodu zulm bois, nozu itob mone’. 
Tan tufrog‘in sovurmay, yetmas safo ko‘ngulga,
Bo‘lg‘an kebi safodin sug‘a turob mone’. 
Yor istasang, Navoiy, sabr istagilki, doim
Keldi visol ishiga jahdu shitob mone’. 
292 
Chun shabiston ichra qildi orazin jonona sham’,
Mash’ali mehr o‘lsakim, ko‘zga ko‘runmas yona sham’. 
Band ayog‘ida nedindur boshida savdo o‘ti, 
Ey pariy, ishqingda gar xud bo‘lmamish devona sham’? 
Yig‘laru o‘rtar o‘zin to subh go‘yo har kecha, 
Hajr aro bo‘ldi meni mahzun bila hamxona sham’. 
Dema kuymak savtikim, uyqu yo‘qig‘a rahm etib,
Der zabona shaklidin til tortibon afsona sham’. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
Ekkali parvonalar ko‘nglida go‘yo tuxmi mehr,
Ashkdin atrofida ham su sochar, ham dona sham’. 
Yo muhabbat o‘tidin parvonani kuydurgali,
Yorutur oraz o‘tin har lahza mahbubona sham’. 
Qo‘ymadi parvonani fonus aro men zordin,
Ul mahi xirgahnishin bo‘lg‘an kebi begona sham’. 
Balki oshiq do‘stlardin dururkim o‘rtanur,
Toki shavqi o‘ti ichra o‘rtanur parvona sham’. 
Ey Navoiy, bot o‘chur ohing yelidin sham’ni,
Topti chun ul yuz furug‘idin bizing vayrona sham’. 
293 
Ko‘zum yoshardi, ayon bo‘lg‘ach ul jamoli bade’,
Bulo‘tqa su to‘lar ul damki, bo‘ldi fasli rabe’. 
Tasavvur etsa qoshing toqini ko‘ngul titrar,
Qazo muhandisi baskim chekibtur ani rafe’. 
Nedin ayog‘inga tushkay boshingg‘a evrulubon,
Quyosh gar o‘lmasa husn ichra qullug‘ungg‘a mute’. 
Qoshing xayoli toriqmay ko‘ngulda evrulsun,
Erur chu qiblanamo po‘yasig‘a huqqa vase’. 
Ne nav’ barqni deykim, buroqi yanglig‘ erur
Kim, ul batiyduru muzlim, bu bir muniru sare’. 
Navoiy, uyla tirilkim, uyatdin o‘lmagasen,
Agar Rasul alayhis-salom bo‘lsa shafe’. 
Qilurni ayla rioyat demakda asra adab 
Ki, do‘st fe’lingu qavlingg‘adur basiru same’. 
294 
Qizil ko‘nglak yengin orazg‘a yopsang, vajhi yo‘q voqe’:
Quyosh ollida ko‘rmaydur kishi gulgun bulut mone’. 
Yuzidek mumkin ermas oy, musavvir, chekma zahmatkim,
Quyosh jirmin qo‘shub hal aylasang, rang o‘lg‘usi zoye’. 
Labi ham o‘rtadi jonim, ham ochiq so‘z dedi, ya’ni
Chuchuklukdin isitqang‘a achig‘ sharbat erur nofe’. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin