Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© JIDU, 2014. 


3
KIRISH 
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan buyon yigirma yildan ortiq 
muddat o‘tdi. Bu davr ichida barcha boshqa fan sohalarida bo‘lganidek, 
o‘zbek tili bo‘yicha o‘rta maktab hamda oliy o‘quv yurti uchun tubdan 
yangilangan dastur asosida darslik yaratish borasida katta ishlar qilindi. 
Jumladan, rusiyzabon talabalar hamda xorijliklar uchun o‘zbek tili bo‘yicha 
ham qator yangi so‘zlashgich, qo‘llanma va darsliklar yaratildi. Hozirgi 
kunda o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda yangi bosqich boshlandi, 
endi o‘zbek tilini shunchaki uy-ro‘zg‘or, kundalik muloqot tili sufatida bilish 
yetarli emas. Davr, taraqqiyot har bir soha egasidan davlat tilini mukammal 
bilishni, ilm-fan, kasbi doirasida erkin muloqotga kirisha bilish, ayni paytda 
yuqori darajadagi yozma savodxonlikni talab qilmoqda. Bu esa rusiyzabon 
talabalarga mo‘ljallangan darsliklarda ixtisoslik yo‘nalishlariga e‘tiborning 
kuchaytirilishini talab qilmoqda. Rus va xorijiy tillarni o‘qitish borasidagi 
tajribalarga tayangan holda biz mazkur darslikda quyidagilarga e‘tibor 
qaratdik. 
An’anaviy darsliklarda grammatik mavzu birinchi o‘ringa qo‘yilgan 
bo‘lsa, tilni ikkinchi til sifatida o‘qitishda esa 
 
matn bilan tanishuvdan 
boshlash usuli ma’qullanadi. Shu sababli darslikning tuzilishida ham eng 
avvalo grammatik mavzular emas, balki nutqiy, ma’rifiy mavzular asosida 
grammatik mavzu taqsimlanadi. Ushbu mavzular jamiyat hayotining ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda ma’naviy jabhalarini qamrab olishi, ham 
ta’lim, ham tarbiyaviy-ma’rifiy maqsadlarga xizmat qilishiga e’tibor berildi. 
O‘zbek tili bo‘yicha yaratilgan ba’zi darsliklarda bu shakl mavjud, lekin matn 
ko‘pincha faqat o‘qish va tarjima uchun beriladi, topshiriqlar ham shu bilan 
cheklanadi. Grammatik mavzu esa keng izohlanadi. Holbuki, hozir o‘rta 
maktablarda o‘zbek tili boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘rgatiladi, 
grammatik mavzuni yana batafsil takrorlashga hojat yo‘q.
Shu sababli ikkinchi til o‘qitishning jahon tajribalariga tayangan holda, 
ushbu darslik bo‘limlarga ajratilib, har bir bo‘lim o‘z ichiga ma‘lim nutqiy 
mavzu bilan bog‘liq matnlar hamda grammatik materialni qamrab oldi. Har 
bir mashg‘ulot quyidagi shaklda tashkil qilindi: 


4
Oldin talaba uchun nisbatan yangi bo‘lgan so‘zlar berilib, ular tarjima
yoki izohlash yordamida tushuntiriladi, keyin matn bilan tanishtiriladi va 
matn yuzasidan kamida 5-6ta savol hamda topshiriqlar beriladi. Talaba bu 
matn mazmunining taxminan 80-90 foizini tushunadi. So‘ng grammatik 
mavzuga o‘tiladi. Grammatik mavzu ixcham chizmalar shaklida berilib, eng 
muhim jihatlarigina eslatib o‘tiladi. Grammatik mavzuni mustahkamlash 
bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqildi. 
Tinglash uchun audiomaterial matn tarzida diskda darslikka ilova 
qilingan. 
Darslikda ushbu matn bo‘yicha savol va topshiriqlar keltirildi.
Keyingi bosqichda tarjima uchun matn beriladi. Tarjima matnga lug‘at 
ilova qilinmaydi (yangi so‘zlar, odatda, mavzuning boshlanishida tayanch 
so‘z va iboralar shaklida taqdim qilinadi). Talabalar mustaqil ravishda lug‘at 
bilan ishlashlari lozim.
Mavzu oxirida o‘tilganlar yuzasidan topshiriqlar beriladi. Uy ishi odatda 
o‘tilgan mavzuni mustahkamlashga qaratiladi, ayni paytda talabaning 
mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida, albatta, 
boshda berilgan mavzu bo‘yicha qisqa esse yozish, yoki ijodiy ish 
topshiriladi. 


5
Mavzular tanlashda ilk darslarda an‘anaviy “Mening oilam”, “Tarjimayi 
holim” singari matnlardan butunlay voz kechish shart emas deb topdik. 
Mumkin qadar ularga ijodiy yondashish, yangi qurilmalardan foydalanishga 
harakat qildik. Oila, oiladagi munosabatlar haqida uncha murakkab 
bo‘lmagan ilmiy, publitsistik matnlardan, badiiy matnlardan foydalanildi. 
Matnlar uslub juhatdan rang-barang bo‘lishiga e’tibor berildi, zero bu 
talabalarda turli xarakterdagi matnlarni tushunish ko‘nikmasi shakllanishiga, 
shu bilan birga ularning lug‘at boyligi turli uslubiy qatlamga oid so‘zlar bilan 
boyib borishiga xizmat qiladi hamda ularning keyingi bosqichda sohasiga oid 
matnlarni o‘zlashtirishi uchun zamin hozirlaydi. 
Ushbu tartibda tuzilgan darslik talabalarga quruq grammatik materialni 
yodlatishdan qochish imkonini beradi, talabaning tildan erkin foydalana 
bilishi, og‘zaki va yozma savodxonligining yuqori darajada bo‘lishi, o‘z 
mutaxassisligi tilini mukammal egallashiga xizmat qiladi degan umiddamiz.


6

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin