Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

Savollarga javob bering: 
1.
Oila va sevgi tushunchalarini qanday tushunasiz? 
2.
Nikoh uchun qiz va yigitning dunyoqarashi, bilim darajasi teng 
bo‘lishi shartmi yoki shart emasmi?
3.
Siz baxtli oilani qanday tasavvur qilasiz? 

 
Matnni o‘qing
DUNYONING SIRI 
Uch kun burun u yigitni gapga solmoqchi bo‘ldi. Ancha vaqt ro‘parasida 
allanimalarni atay yozib-chizib o‘tirdi. Muzaffar bir payt kaftini og‘ziga tutib 
uzoq esnadi. O‘z go‘zalligining kuchiga ishongan har qanday ayol kabi 
Qunduz ham qattiq ranjidi (xafa bo‘ldi). “Kekkaygan student” haqida 
“Odamovi” (odamlarni yoqtirmaydigan) deb hukm chiqarib, bundan keyin 
unga gapirmaslikka ahd qildi (qaror qildi). 
Biroq bugun ertalab beixtiyor “Nima kasalsiz?” – deb so‘radi va keyin 
afsuslandi. 
Muzaffar jilmayishga harakat qildi, ozg‘in, qonsiz yuzida parishonlik 
paydo bo‘ldi. 
– Shunaqa… Yer yuzida yetti milliard odamga yetgan havo menga 
yetmaydi. 
Qunduz unga ajablanib (hayron bo‘lib) qaradi. 
– Men astmaman-da, – dedi yigit xo‘rsinib. 
Uning soxta xushholligini (xursandligini) ko‘rib, Qunduzning rahmi 
keldi. 
Tuzalib qoldingizmi, axir? – deb so‘radi atayin tetik ohangda. 
Shifokorning gapiga ko‘ra, tuzalishim kerak. Lekin… doim 
doktorlarning gapi to‘g‘ri bo‘lsa, olamda (dunyoda) kasallik qolmas edi. 
Qunduz tasalli berishga shoshildi: 
– Siz, albatta, tuzalasiz. 


13
Yigit bosh chayqadi: 
– Qaydam (Bilmadim)… 
– Bu yerda qancha odam davolangan! Tog‘ havosi… 
–…Xuddi doktorga o‘xshaysiz-a… Menga qarang, tag‘in shifokor 
bo‘lmang? 
– Yo‘q, – Qunduz ma’yus kuldi. – Farmatsevt bo‘lmoqchi edim… 
– Kira olmadingizmi? 
– Ha.
– E-e – dedi yigit. – Yana harakat qilib ko‘ring. 
– O‘qish endi… – kelinchak kuldi. – Otasiz o‘sganman. Shuning uchun 
amakim nima desa, shu bo‘ladi. 
– Ha –a, – dedi bosh irg‘ab Muzaffar… 
* * * 
Tog‘dan tushib kelyapman, – dedi Muzaffar ertasi kuni Qunduzni 
ko‘rgan zahoti. Egnida qalin sviter, eshikka suyanib, hansirab turardi. 
– Qalay? 
–Tog‘lar o‘ksik mening ko‘nglimdek…– dedi yigit. – So‘z yo‘q! 
Balandroqqa chiqa olmadim-da, nafas qisib qoldi. 
– Nega… o‘ksik? – so‘radi Qunduz deraza pardalarini surib. 
– Chiqsangiz ko‘rasiz. 
– Men hali chiqmaganman. 
– Qo‘ying-e?! 
– Ishonmaysiz-a? Bir marta 9 – sinfda lola tergani yonbag‘irgacha 
borganmiz. Keyin vaqt bo‘lmadi. 
– Yopiray! 
– Bo‘zchi belboqqa yolchimaydi. – Qunduz xijolat bo‘lib kulimsiradi. – 
Bahorda chiqmoqchimiz. Chiroyli joylar… 
Muzaffarni yo‘tal tutdi. Mushtini og‘ziga tutib yotaldi, yuzlari qizarib, 
yelkalari silkinar edi. 
– La’nati-ey… – dedi xuruj bosilgach va yoshlangan ko‘zlarini artdi.– 
Sahardan (ertalabdan) boshlanyapti-ya! Ha-a, chiroyli joylar…Kiroyi 
joylar… – Javondan qora muqovali qalin kitobni oldi va o‘qishga kirishdi… 
Qunduz zerikdi. Muzaffar bilan gaplashish qandaydir maroqli (yoqimli). 
Ammo yigit berilib o‘qir, go‘yo uning olamda borligini unutgan edi. Qunduz 
qat’iyat bilan qimtilgan qalin lablariga, qiz bolaniki singari uzun ingichka 
barmoqlariga bir-bir tikildi. 
– Nima o‘qiyapsiz? – deb so‘radi nihoyat jur’at qilib. 
Yigit bosh ko‘tardi. 
– Gegel.
Qunduz Gegelning kimligini so‘rashga iymandi (uyaldi), tushungan kabi 
bosh silkib qo‘ydi. 


14
– Qiziqmi? 
– Nima desam ekan? Har narsa ham qiziqsang qiziq. Faylasuf u. 
– Kecha televizorda ham bir faylasuf chiqdi. 
– Kim? 
– Sharipovmi, Sharopovmi, shunaqa fan nomzodi bor ekan-ku? 
Bilmadim, bo‘lsa bordir, – dedi yigit. – Bilasizmi, dunyoda nomzodlar, 
bakalavrlar, doktorlar, magistrlar, professorlar ko‘p – olimlar kam. 
Kelinchak angrayib o‘tirar, g‘ayrioddiy tuyulgan bu so‘zlarni idrok 
etishga (tushunishga) qiynalar edi. 
O‘qimaganiga o‘ksindi. Agar o‘qiganda, u ham shunaqa chiroyli 
gapirarmidi… 
(Xayriddin Sultonovdan) 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin