-dosh qo‘shimchasi bilan yasalgan otlar birgalik ma’nosini bildiradi:
kursdosh, vatandosh, safdosh . ham shakli bilan yasalgan otlar ham shunday ma’noni bildiradi:
hamxona, hamshahar, hamqishloq, hamfikr. -chi kasb-hunar, mutaxassislik ma’nosini ifodalaydi
: ishchi, haydovchi, tilchi, tarixchi. -shunos – fan sohasi mutaxassisini bildiradi
: tilshunos, adabiyotshunos, o‘lkashunos.
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 1-mashq. Quyidagi so‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling. Исскуствовед
,
зло
,
веселье
,
грусть
,
собеседник
,
текстолог
,
экономист
,
правовед
,
посол
,
сотрудник
,
представитель
,
помощник
,
прод
a
вец
.
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring. 1.Shaharda obodon…ishlari olib borilyapti. 2. Quruv…lar binoni
bayramga qurib bitkazdilar. 3. O‘zbekiston paxta… sanoati bo‘yicha
dunyoning yetakchi davlatlari qatorida turadi. 4. Aziz yurt…! Navro‘z
bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! 5. Alisher Navoiy buyuk shoir, davlat arbobi,
adabiyot…va til…dir. 6. Ulug‘ yozuvchi F. Dostoyevskiy shunday yozadi:
“Go‘zal… dunyoni qutqaradi”.
3-mashq. Bu kim? So‘zlarni izohlang. Muhandis, manqurt, pragmatik, dallol, da’vogar, dinshunos, voiz, kotib,
safsataboz, tashabbuskor, ig‘vogar, mutafakkir, musavvir, muhaddis, sohib,
namoyanda, alloma.
16
4-mashq. Shaxs otlari yasang. Savdo, iqtisod, talab, ta’minot, iste’mol, ruh, giyoh, soat, mahalla,
adabiyot, zar, siyosat, do‘ppi.