Microsoft Word norqulova m mustaqil ishi


Mashg'ulot davomida tarbiyachining ko'rsatmalari va tushunchalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/6
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181772
1   2   3   4   5   6
ABDIYEVA GULASAL

Mashg'ulot davomida tarbiyachining ko'rsatmalari va tushunchalari


Tarbiyachining ko'rsatmalari barcha ko'rgazmali usullarni o'z ichiga oladi hamda o'zi mustaqil o'rgatish usuli sifatida xizmat qiladi. Bu bolalarning yoshi va topishmoqlariga bog'liqdir. Kichik yoshdagi bog'cha bolalari uchun og'zaki ko'rsatmalar kamdan-kam beriladi. Uolalarning tasviriy malakalari yetarli


bo'lmay, sezgi analizatorining ishtirokisiz tarbiyachining ko'rsatmasini tushunmay-dilar (ko'rish, cshitish, qo'l, ta'm bilish sezgilari). Agarda bolalar mustahkam ko'nikmaga ega bo'lsalar, tarbiyachi ko'rgazmani ko'rsatmasiz tushuntirishi mumkin. 5-6 yoshli bolalar uchun bir so'zning o'zi xotiradagi chizish usuli haqidagi tasavvurni eslashga yordam beradi. Tarbiyachining ko'rsatmalari butun guruh bolalariga va alohida bolalarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Butun guruh uchun beriladigan ko'rsatmalar mashg'ulotning boshida beriladi. Ular qisqa, lo'nda, tushunarli bo'lishi kerak. O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar topshiriqlarini qanday o'zlashtirganliklarini bilish uchun biror boladan topshiriqning ketma-ketligini va qaysi usullardan foydalanib bajarish kerakligini so'raydi. Bunday qayta so'rash yaxshi tushunishlariga yordam beradi.
Kichik guruhda tushuntirib, ko'rsatgandan so'ng, tarbiyachi yana ishni nimadan boshlash kerakligini qayta esga soladi. Katta guruhda esa bolalarga: nimani chizishini yoki yasashini, asosiysi nimadan iborat, predmetlarni qanday joylashtirish kerakligi haqida o'ylashni taklif qiladi. Bolalar ishga kirishgandan so'ng, tarbiyachi har bir bolaga ko'rsatmaberishga kirishmasdan, balki ishga kirisha olmayotgan bolalarga nima narsa tushunarli bo'lmaganini so'rashi lozim, bunday bolalarga qaytadan vazifa tushuntiriladi va ko'rsatma beriladi. Hamma bolalarga ham ko'rsatma berish zarur emas. Ko'rsatma ikkilanuvchan, uyatchan, o'ziga ishonmaydigan bolalarga kerakdir. Yuzaga keladigan qiyinchiliklarni tarbiyachi har doim ham oldindan aytib berishi kerak emas. Ba'zi bir bolalar o'zi mustaqil bajarishiga tarbiyachining ko'zi yetsa, u holda tarbiyachi ko'rsatma berishdan bosh tortishi ham mumkin emas. Asosiysi, tasviriy faoliyatda bola qiyinchilikka duch kelib, uni echishga yo'l topa olishi kerak. Ko'rsatma shakllari hamma bolalar uchun har xil bo'lishi kerak. Ayrim bolalarga maqtovli ton bilan ko'rsatma berilsa, o'ziga ishongan bolalarga esako'proqtalabqo'yiladi. Tarbiyachining ko'rsatmalari to'g'ridan-to'g'ri, buyruq shaklida bo'lishi kerak emas. U bolani o'ylashga, fikrlashga undashi kerak. Bola qilgan xatoni ko'rsatish bilan birga, tasvirning ma'nisi o'zgarayotganiga diqqatni qaratish lozim. Masalan,
«Qizchaning ko'ylagi xuddi g'ijimga o'xshaydi» (yaxshi bo'yalmagan), «Daraxtlar
yiqilib ketayotganga o'xshaydi» (yaxshi joylashtirilmagan), «Bu odam biram katta, shu bois uyga kira olmayapti». Shu bilan birga, xatoni qanday qilib to'g'rilash kerakligini aytib bermaslik lozim. Bolaning o'zi fikr yuritsin. Ko'rsatma yoqimli tovush bilan berilishi bolalarning qiziqishini orttiradi. Individual ko'rsatmalar boshqa bolalarning diqqatinijalb qilmasligi uchun pastroq tovush bilan beriladi. Mashg'ulot davomida qachon ko'rsatma beriladi? Qachonki, ko'pchilik bolalar xatoga yo'l qo'ysalar va tarbiyachi barcha bolalarning diqqatini o'ziga jalb qiladi va qaytadan tushuntiradi. Bunday mashg'ulot davomida beriladigan ko'rsatmalarni kamroq berish kerak, negaki u ijodiy faoliyatini buzadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin