Microsoft Word norqulova m mustaqil ishi


O'yinli o'rgatish usullari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181772
1   2   3   4   5   6
ABDIYEVA GULASAL

O'yinli o'rgatish usullari.


Tasviriy faoliyatda o'yin momentlaridan foydalanish ko'rgazmali amaliy o'rgatish usuliga kiradi. Bola qancha kichik bo'lsa, o'yin uning tarbiyasida shuncha katta o'rin tutadi. O'yin usullari qo'yilgan masalaga nisbatan bolalarning ishga diqqatini yaxshi jalb qiladi va xayol bilan tafakkurning ishini yengillashtiradi. O'yin usullari kichik guruh uchun birinchi marta E.A.Flerina tomonidan tashkil qilingan, keyinchalik A.A. Volkova, T.G. Kazakova tomonidan davom ettirilib, T.G.Kazakova tomonidan kichik bog'cha bolalari uchun har bir mashg'ulotni o'yin obrazi bilan bolaga katta bir sistema ishlab chiqildi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o'yin mashqlaridan rasm chizishda keng foydalaniladi. Maqsad bolalarning oddiy chiziqli shakllarni chizishga o'rgatish hamda qo'l harakatlarini rivojlantirishdir. Bolalar tarbiyachining ortidan qo'llari bilan havoda, so'ng qog'ozda turli chiziqlarni chizadilar. Tarbiyachi: «Bolakay yo'lda chopib ketyapti», «Buvijon» va hokazo, degan iboralar bilan tushuncha hosil qiladi. Obraz bilan harakatning birlashuvi bola tomonidan chiziqlarni va sodda shakllarni tasviriy malakasiga ega bo'lishni ancha tezlatadi.
Kichik guruhda predmetlarni tasvirlashda ham o'yin usullaridan foydalaniladi. Masalan, qo'g'irchoq mehmonga keladi va bolalar unga noz-u
ne'matlar yasaydilar, non, pirog, pechene va hokazo. Bunday ish mobaynida bolalar sharni yassilashga urinadilar.
O'rta guruhda bolalar ayiqni yumshoq o'yinchog'iga qarab chizishlari kerak. Shunda qiziqarli o'yin o'tkazish uchun, ayiqcha eshikni taqillatadi, so'ng bolalar bilan salomlashib, bolalardan uning rasmini chizib berishlarini iltimos qiladi. Mashg'ulot yakunida u rasmlarni baholashda qatnashadi va yaxshi rasmlarni o'zi tanlaydi.
6 yoshli bolalar bilan ham tasviriy faoliyat davomida o'tkaziladi. Lekin kichik guruhga qaraganda bu o'yinlar ancha kamayadi. Masalan, sayrda bolalar o'zla.rinig «fotoapparatlari» bilan atrofni rasmga oladilar: daraxtlar, qushlar, hayvonlar va hokazo. Bog'chaga kelib, o'zlari olgan «rasmlarni proyavka qiladilar va chiqaradilar», ya'ni ko'rganlarini qog'ozga tushiradilar. Tarbiyachi o'yindan foydalanganida butun mashg'ulotni o'yinga aylantirib yubormasligi kerak. Chunki bu bolalarning diqqatini topshiriqni bajarishdan tortib, ko'nikma, malakalarga ega bo'lish tizimigacha buzishi mumkin.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin