Microsoft Word norqulova m mustaqil ishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181772
1   2   3   4   5   6
ABDIYEVA GULASAL

Amaliy metodlar.


Tasviriy san'atga o'rgatish mobaynida bolalar turli materiallardan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Rasm chizish, loydan buyum yasash, applikatsiya turli metodlardan hamda o'rgatish usullaridan foydalanishni talab qiladi, shu jumladan, bolalarda ko'nikma, malakalarni hosil qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish talab qilinadi. Amaliy metodlardan asosiysi bo'lmish, texnik va ba'zan tasviriy malakalarni o'rgatadigan mashqlardir.
Kichik guruhda bu mashqlar bolalar uchun zerikarli emas, chunki yumaloq shaklli predmetlarni yasashni o'rganib, bolalar koptokni, olmani, apelsinni va shu kabi predmetlarni yasaydilar. Yo'llarni, yomg'irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlarni chizishni mashq qiladilar.
Katta guruhdagi bolalar oldiga esa, to'g'ridan to'g'ri ma'lum bir topshiriq qo'yiladi, ya'ni chiroyli va to'g'ri shtrix bilan chizishga o'rganish. Shtrixlab
chizishni ko'rsatib bergandan so'ng, bolalarga murakkab bo'lmagan predmet konturini (Masalan, uy, qo'ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo'yamaslik rasmni xunuk qilib qo'yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlardan tasviriy xarakterga ega bo'lgan topshiriqlarni tushunish uchun foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir. chiziq bilan inson boshining yonlamasiga qiyofasini chizishni ko'rsatib berganidan so'ng, bolalar odam boshining rasmini bir necha marta qayta-qayta chizadilar.


Evristik metod.


Evristik metod grek so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «Evristika» - haqiqatni topish san'atidir. Bu metod topqirlikni, faollikni rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo'lsin. Har bir mashg'ulot faqatgina didaktik vazifani emas, ya'ni ma'lum bir predmetning tasvirini o'rgatish emas, balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulining ko'rsatmasi (to'liq bo'lmagan), o'yinchoq ko'rsatmasi, eslatma va shu kabilar. Bolani shunday holatga qo'yish kerakki, u o'ylagan o'yini bajarishi uchun o'zi yo'l topsin. Shunday qilib, u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga bog'liqdir:
* mashg'ulot mazmuniga va mashg'ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga;
*bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
*bolalar foydalanadigan tasviriy materiallariga bog'liqdir.


Xulosa:
Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadli mashg'ulotlarda, asosan og'zaki metodlar qo'llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko'rganlarini xotiradan qayta eslash uchun 'yordam beradigan savollar.
Tasviriy faoliyatning turli ko'rinishlarida o'rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan, mazmunli
mavzularda kompozitsiyaga o'rgatish vazifasini rasmga, kartinalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda, shakllar ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko'rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o'ylab, mashg'ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg'ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak.
Mashg'ulotda alohida metod va usullar - ko'rgazmali va og'zakilari o'zaro qo'shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta'lim jarayonida bog'lanadi. Ko'rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy, hissiy asosini yangilaydi, so'z esa to'g'ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarini va tasvirlayotganlarini umumlashtirishning shakllanishiga yordam beradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin