Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Masalan, hayzning eng kam muddati, ya’ni uch kecha-kunduzga yetmay to‘xtasa yo
birinchi marta hayz ko‘rayotgan ayolning hayz ko‘rishi o‘n kundan ortib ketsa, o‘n
kundan o‘tgan kunlaridagi yoki birinchi marta tuqqan ayolning nifosi qirq kundan o‘tib
ketsa, qirq kundan ziyodasi istihoza qonidir.
Ayollarning hayz va nifosdagi odatlarida to‘xtamay, hayz va nifosning oxirgi muddatidan
ham o‘tib ketgan qon istihoza qoni hisoblanadi.
Masalan, bir ayolning hayzdagi odati 7 kun bo‘lsa, to‘satdan biror hayz muddati 7
kundan o‘tib, 10 kunda ham to‘xtamay, 12 kunga o‘tib ketsa, odatidan tashqarisi (ya’ni
7 kundan keyingi 5 kun) hayz emas, balki istihoza qoni hisoblanadi. Agar odatidan (ya’ni
7 kundan) o‘tib oxirgi muddatiga (ya’ni 10 kunga) yetmay yoki 10 kunga borib to‘xtasa,
bu holda odatdan o‘tgani ham hayzdan hisoblanadi.
Nifosda ham shunday: agar bir ayolning nifos ko‘rish odati 30 kun bo‘lsa-yu, biror safar
odatidan o‘tib, 45 kunda to‘xtasa, o‘sha ayolning odatidan (ya’ni 30 kundan) o‘tgan 15
kun ham istihoza qoni hukmida bo‘ladi. Bu ayol 30 kundan o‘tgan 15 kunlik
namozlarining qazosini o‘qishi lozim. Agar odatidan o‘tsa-yu 40 kunga yetmay yo 40
kunga borib to‘xtasa, nifos hukmida bo‘ladi.
Homiladorlik paytida ko‘rgan qoni ham istihoza qonidir.
Istihoza hayz va nifos man’ qilgan amallarning hech birini man’ qilmaydi va g‘usl qilish
ham vojib bo‘lmaydi, tahorat qilib ibodatda davom etaveradi. Agar bilmasdan istihoza
qonini hayz deb namoz va ro‘zani qazo qilsa, istihoza ekanligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng,
namozning qazosini o‘qimoq va ro‘zaning qazosini tutmoq lozim bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam barcha ummatni ilm olishga buyurib,
quyidagidagicha marhamat qilganlar:
“Ilmni talab qilmoq barcha musulmon erkak va
ayolga farzdir”. “Tanbehul g‘ofilin”da bu hadis kifoya miqdorigacha ilm o‘qimoq farz deb
sharhlangan. Chunki hamma ham oliy darajada ilm olishga muyassar bo‘lmaydi.
Shuning uchun zaruriy ilmlarni, ya’ni iymon, namoz, ro‘za, zakot, ushr, haj, halol va
harom, ota-ona haqqi, farzand tarbiyasi, oilaviy muomala va boshqa zaruriy amallarning
ilmini bilish har bir mo‘’min va mo‘’minaga shart va zarurdir.
Xususan, erkaklar mazkur ilmlar bilan birga, hayz, nifos va istihoza ilmlarini chuqur bilib,
o‘z ahli xonadonlariga bildirmoqlari hayotiy zaruratdir. Chunki ahli ayoli bu bilimlardan
bexabar bo‘lsa, eridan o‘rganmog‘i qulay va bemaloldir. Xijolat va uyalishga o‘rin
qolmaydi. O‘z navbatida onalar o‘z qizlariga bu muhim ilmlarni bildirishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: