www.ziyouz.com kutubxonasi
38
qisqacha
bayoni shuki, agar o‘sha ayol erkak kishi deb tasavvur qilinadigan bo‘lsa, unga
qarindoshlaridan kimning nikohi noravo bo‘lsa, eriga ham o‘sha ayollarning nikohi harom
bo‘ladi
MASALA: Mazhabimizda ayol kishining safarga mahramsiz borishi ta’qiqlangan. Bu
o‘rinda erkak kishi qaynonasidan boshqa xotinining nikohi noravo qarindoshlari bilan
safar qilishi mumkin emas.
Xotinining avvalgi eridan qizi bo‘lsa, shu xotini bilan jimo’ qilgandan so‘ng bu qizning
nikohi ham harom bo‘ladi. Ammo jimo’
qilmasdan ajrashsa, bu qizga uylanishi mumkin.
Shuningdek, dadasining, bobosining va qancha yuqori borsa ham boshqa xotinlari bo‘lsa,
ular ham ona hukmida va kelinlari, qancha pastga borsa ham, qiz hukmida bo‘lib,
ularning nikohlari ham haromdur.
Alloh asrasin, bir ayol bilan zino qilgan kishiga o‘sha ayolning
qizlari hamda biror
ayolning badanini
shahvat bilan ushlasa, uning ham qizlari, hatto birorta ayol biror
erkakni shahvat bilan ushlasa, o‘sha kishiga u ayolning qizlari hamda biror ayolning
andomi nihoniga shahvat nazari bilan qaragan kishiga, u ayol qizlarining nikohi harom
bo‘ladi. Bu to‘rt
toifa ayollarning qizlari, nabiralari qancha pastlasa ham, onasi, buvisi
qancha yuqorilasa ham, nikohlanish haromdir.
* * *
Iloho, barcha ayollarni iymonli, taqvodor, qanoatli, ibodatli va O‘zingni farzlaringdan
so‘ng erlariga sodiq va itoatli qil! Ularni sharmu hayo, iffatu pokdomonlik zevari bilan
ziynatlantir!
Parvardigoro, erkaklarni o‘z ahli oilasini himoya qiladigan or-nomusli, rashkli-shijoatli va
qavvomu ustuvor qil! Omin, yo Rabbal olamin! Va sallallohu taolo alo xayri xalqihi
Muhammadin va alo olihi va ashobihi ajmain, birohmatika yo arhamar rohimiyn.
Allohning nusrati bilan milodiy 2003 yil, noyabr, hijriy 1424 yil, ramazoni sharifda
tamom bo‘ldi.
* * *
Ushbu risolani chop etilishiga yaqindan ko‘mak bergan barcha birodarlarimizga
tashakkur bildiramiz. Va muhtaram o‘quvchilarimizdan risolada yo‘l qo‘yilgan ayrim xato
va kamchiliklarni avf qalami bilan isloh qilishlarini so‘raymiz.
Bayt:
Har kim o‘qisin, duo umidvorman,
Chunki men ojizu gunohkorman.
Muallif
Online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1719.0
Forum uchun Laylo tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007