Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
2. So‘zlashgan paytda ovozni baland ko‘tarmang.
Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: “Alloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga
qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik
azobi tezlashtiriladi”.
3. Ota-ona huzurida zaruratdan ortiqcha gaplarni gapirmang.
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Qiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini
aytaymi?
U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali,
bir gapga oson kelishadigan
kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz
esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir”.
4. Gaplashayotganda so‘zlarini bo‘lib tashlab yoki so‘z qistirib ketmang.
Farqad us-Sanjiy aytdilar: “Ba’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning
ota-ona huzurida iznsiz
gapirmoqligi maqbul emasdir”.
5. Ularning so‘zlarini aslo rad qilmang.
Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: “Otaga itoat qilish – Allohga itoat qilishdir. Unga
gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir”, deyilgan.
6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.
Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: “Alloh taolo sharmsiz, behayo so‘z
qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas”.
Dostları ilə paylaş: