Microsoft Word ota ona rizosi doc


Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang



Yüklə 90,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix31.08.2023
ölçüsü90,2 Kb.
#141218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ota-ona rizosi

7. Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.
Abdulloh ibn Umar aytdilar: “Ota-onaning yig‘lashi boladan norozi bo‘lganlariga 
dalolatdir, bu esa katta gunohdir”. (Imom Buxoriy rivoyatlari). 
8. Tanbeh bilan gapirib, dillarini og‘ritmang.
Abdulloh rivoyat qiladilar: Janobi Rasululloh: “Musulmon odamning so‘kmog‘i – buzuqlik 
va urushmog‘i – kofirlikdir” – dedilar. 
9. Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa “uf” demang.
Iso ibn Talxa bin Ubaydulloh Amr bin Mirzo Juhaniydan naql qiladilar: Bir kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasulalloh, besh vaqt namoz o‘qisam, ramazon oyida 
ro‘za tutsam, zakotimni ado etsam va haj ham qilsam, menga nima bo‘ladi? – deb 
so‘radi. Rasululloh unga: “Kim ana shu aytganlaringni qilsa, payg‘ambarlar, siddiqlar va 
shahidlar bilan birga bo‘ladi, ammo ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u amallarning foydasi 
yo‘qdir”,– dedilar”. 


Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
DIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH
1. Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko‘rsating.
Uch xil sifat borki, kimda-kim ularga ega bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni himoya 
qilib, o‘z jannatiga kirgizur: 1. Zaiflar bilan xushmomala bo‘lmoq. 2. Ota-onaga shafqatli 
bo‘lish. 3. Qo‘l ostidagilarga himmatli bo‘lmoq.. (Imom Termiziy rivoyatlari). 
2. Ota-onani chin dildan do‘st tuting.
Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilindi: “Otaga muhabbatingni saqla, agar sen 
otaga bo‘lgan muhabbatingni yo‘qotsang, Alloh seni har turli fayzlardan mahrum qilur”. 
3. Ularning shodlik paytlarida xursand bo‘ling.
Musoviy ibn Hayyida aytdilarki: “Men Rasulullohdan “Yo Rasulalloh, yaxshiligimni kimga 
qilsam bo‘ladi?” deb so‘radim. “Onangga” dedilar. Yana shu savolni ikki marta 
qaytarsam ham Rasululloh “Onangga” dedilar. To‘rtinchi marta so‘raganimda “Otangga 
va yaqin qarindoshlarga”, deb javob berdilar”. (Imom Buxoriy rivoyatlari). 

Yüklə 90,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin