َﻦﻴِّﻴِﺒﱠﻨﻟا َﻢَﺗﺎَﺧَو ِﻪﱠﻠﻟا َلﻮُﺳَر ْﻦِﻜَﻟَو ْﻢُﻜِﻟﺎَﺟِر ْﻦِﻣ ٍﺪَﺣَأ ﺎَﺑَأ ٌﺪﱠﻤَﺤُﻣ َنﺎَآ ﺎَﻣ «Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg‘ambarlarning so‘nggisidir».(Ahzob, 40.) (By yerda Alloh Taolo sollallohu alayhi va sallamni «Payg‘ambarlarning muhri deb atagan. Zero, har bir muhim yozma ish so‘ngida muhr bosilgani kabi Payg‘ambarimiz ham oxirgi payg‘ambar bo‘lganlari va endilikda to Qiyomatgacha boshqa payg‘ambar kelmasligi aniq bo‘lgani uchun payg‘ambarlar kitobiga muhr bosilgandek bo‘ldi.) Payg‘ambarlik vazifasi nuqtai nazaridan hamma payg‘ambarlar tengdirlar, oralarida farq yo‘q. Fazilat
jihatidan esa ular bir-birlaridan ajralib turadilar. Bu jihatdan Muhammad, Ibrohim, Muso, Iso, Nuh
alayhissalomlar boshqa payg‘ambarlardan ustundirlar, chunki ular ulul-’azm payg‘ambarlar sanaladilar. Bu
mo‘‘jizalarni tushunib yetish, qabul qilish uchun inson avvalo Allohning buyuk qudratiga, ko‘z bilan
ko‘rinmaydigan ba’zi haqiqatlarga ishonmog‘i kerak bo‘ladi. Qur’oni karim aql bovar qilmaydigan hollarning
ham bo‘lishi mumkinligini xabar berib, mo‘‘jizalarning yolg‘iz Alloh tomonidan sodir bo‘lishini, payg‘ambarlar
ham xohlagan paytda mo‘‘jiza ko‘rsata olmasliklarini bildiradi.
Mo‘‘jizalarga ishontirmoq uchun ko‘rsatilgan dalillar nihoyat darajada haqiqiy bo‘lishi kerak.
Payg‘ambarimizning mo‘‘jizalari bilan bog‘liq bo‘lgan dalillar boshqa hodisalarning tarixiy dalillaridan ham
ishonarli va quvvatlidir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak hadislarida Alloh taolo Odam otadan boshlab to bizning
payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar beriladi.
Ibn Murdavayh tafsirida shunday rivoyat mavjud: «Sahobai kiromlardan Abu Zar al-G’iforiy Payg‘ambarimiz
(s.a.v.)dan so‘radilar: «Ey Allohning rasuli, Odam otadan to sizgacha nechta payg‘ambar yuborilgan?»
Rasululloh(s.a.v.): «Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yuborilgan», - dedilar.
«Ularning nechtalari rasul hisoblanadilar?» Rasululloh (s.a.v.): «Ularning uch yuz o‘n uchtasi rasullardir» - deb javob berdilar.
Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: «Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Men
rasulullohdan so‘radim: «Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.)
dedilar: