Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
114
Alloh taolo Muso (a.s.)ga qavmlarini toqqa yaqin kelib, Allohning vasiyatlarini eshitishga chaqirishlarini amr
etdi.
Isroil avlodlarining ulamolari bo‘lgan «ahborlar»ni ham toqqa chiqishlarini, Allohga yaqin bo‘lishlarini amr
etdi.
Muso (a.s.): «Ey Rabbim, ular bu yerga chiqolmaydilar, men ularni bu yerga chiqishdan qaytargan edim» -
dedilar. Alloh taolo: «Boring, o‘zingiz bilan Horunni olib chiqing! Boshqalar – kohinlar va oddiy fuqarolar esa
yaqinroqqa kelsinlar!» - deb buyurdi.
Isroil avlodlari payg‘ambar so‘ziga itoat etishib, o‘zlarini poklab, xushbo‘yliklar sepishib, kutib turishdi. Ammo
uchinchi kun kelganda, tog‘ ustini qalin bulut qopladi, ketma-ket chaqmoq chaqib, momaqaldiroq va qattiq sur
ovozi eshitildi. Bu ovozdan Isroil avlodlari qattiq qo‘rqib ketdilar. Tog‘ning tekis bir joyiga to‘planib, yaqin
borolmasdan kuzatib turdilar. Shu payt tog‘ ustini quyuq tutun o‘radi, tutun o‘rtasida nurdan bir ustun paydo
bo‘ldi. Tog‘ning hamma yeri qattiq silkindi. Sur ovozi gurullab, chaqmoq chaqnadi. Bu vaqtda esa Muso (a.s.)
tog‘ning naq ustida edilar. Alloh Musoga gapirdi, Muso (a.s.) Allohga munojot qildilar.
Muso (a.s.)ning Alloh taologa qilgan munojotlarini, Allohning Musoga qilgan takallumlarini, amr va nahiysini
o‘z quloqlari bilan eshitdilar. Muso (a.s.) Allohdan vahiyni qabul qilib olib, ulamolar yoniga qaytib keldilar. Ular
esa Muso (a.s.)dan Allohni ochiq-ravshan ko‘rsatishni talab qildilar:
Dostları ilə paylaş: