Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


narsaning tafsilini qilib berdik



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

narsaning tafsilini qilib berdik (va dedik): «Ey Muso, bu lavhlarni g‘ayrat bilan olgin, qavmingga 
buyurgin, uning chiroyli hukmlarini olsinlar (ya’ni, amal qilsinlar)». (A’rof, 144-145.)
 
 
4.2. TAVROT 
Tavrot ibriy (qadimiy yahudiy) tilida yuborilgan. «Tora» – «qonun, shariat» - deganidir.
Tavrot ham Allohning hidoyat kitobi bo‘lgani uchun, uning asliy nusxasida avvalo Isroil avlodlarini Allohning 
borligi va birligiga imon keltirishga – tavhidga chaqirilgan, yahudiylarni odob-axloqqa, insoniy fazilatlarni kasb 
qilishga, payg‘ambarlariga itoat etishga va Allohga ibodat qilishga chaqirilgan. Qur’onning ko‘plab oyatlarida 
Tavrot oyatlaridan jumlalar iqtibos qilinganki, bu oyatlarning mazmunini Qur’onning boshqa oyatlari bilan 
taqqoslanganda yahudiylarga ham musulmonlarga buyurilgan amallar va ibodatlar buyurilganining shohidi 
bo‘lamiz. «Al-A’lo» surasida shunday deyilgan:
 ﻰﱠآَﺰَﺗ ْﻦَﻣ َﺢَﻠْﻓَأ ْﺪَﻗ
)
١٤
(
 ﻰﱠﻠَﺼَﻓ ِﻪِّﺑَر َﻢْﺳا َﺮَآَذَو
)
١٥
(
 ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا َةﺎَﻴَﺤْﻟا َنوُﺮِﺛْﺆُﺗ ْﻞَﺑ
)
١٦
(
َو
 ﻰَﻘْﺑَأَو ٌﺮْﻴَﺧ ُةَﺮِﺧﻵا
)
١٧
(
 ﻰَﻟوﻷا ِﻒُﺤﱡﺼﻟا ﻲِﻔَﻟ اَﺬَه ﱠنِإ
)
١٨
(
 َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ِﻒُﺤُﺻ
 ﻰَﺳﻮُﻣَو
)
١٩
(
 
«Darhaqiqat, (kufru-isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigori ismini yod etib, namoz o‘qigan (har bir) 
kishi najot topgandir. Yo‘q, sizlar hayoti dunyoni ustun qo‘yursizlar. Holbuki, oxirat yaxshiroq va 
boqiyroqdir. Albatta bu (surada mazkur bo‘lgan gaplar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda 
– Ibrohim va Muso sahifalarida mavjuddir». (A’lo, 14-19.)
 
Tarixdan ma’lumki, Bobil podshohi Buxtunnasr (meloddan oldin 605-562 yillarda yashagan) hukmronligi 
davrida Isroil avlodlarining muqaddas diniy markazi bo‘lgan Yevrushalim (Quddus shahri) vayron etilib, 
yahudiylar asir olingan va barcha diniy kitoblar yoqib yuborilgan, yo‘q qilingan. Tavrotning asl nusxasi ham 
o‘sha paytda yo‘qolgan. Uni yod olgan oz sonli tavrotxonlar olamdan ko‘z yumganlar. Tavrotni yod olgan 
birgina Uzayr (a.s.) yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgandan so‘nggina uni qayta yozib, kitob holatiga keltirganlar. 
Alloh o‘zining qudratini namoyon qilish uchun Uzayr (a.s.)ni uzoq muddat – yuz yil uxlatib, qayta o‘zlariga 
keltirdi va bu muddatda yo‘qolib ketgan Tavrotni Uzayrning qo‘llari bilan asl holatiga keltirib yozdirdi.
«Yahudiy qomusi»da bunday deyiladi: «Ular unutilib ketgan edi, ammo Azro ularni qayta tikladi.
Iqtiboslardan ko‘rinib turibdiki, Tavrotning umumiy matni, Uzayr (a.s.) nusxalaridan qat’iy nazar, Alloh taolo 
dastlab nozil qilgan paytdagidek sof, musaffo holda saqlangan emas.  
Demak, Iso (a.s.)dan qariyb 450 yil avval yashagan Uzayr (a.s.) davrlarida Tavrot va boshqa kitoblar 
aralash-quralash bo‘lib ketgan. O’sha paytdayoq bu kitoblarning birorta ishonchli nusxasi yo‘q edi.
Tavrotning odamlar qo‘li bilan o‘zgartirilgani, ba’zi hukmlar olib tashlangani, keraksiz narsalar qo‘shib 
yuborilgani haqida Alloh shunday xabar beradi: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin