Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
Ayka qavmining inodi, itoatsizligi,
inkorda davomiyligi sababli, Alloh taolo bularga ham o‘zining azobini
yubordi:
ﱠﻠﱡﻈﻟا ِمْﻮَﻳ ُباَﺬَﻋ ْﻢُهَﺬَﺧَﺄَﻓ ُﻩﻮُﺑﱠﺬَﻜَﻓ
ٍﻢﻴِﻈَﻋ ٍمْﻮَﻳ َباَﺬَﻋ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ِﺔ
)
١٨٩
(
«Bas, ular Shuaybni inkor etishgach, ularni «soyabon» kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli)
kunning azobi edi». (Shuaro, 189. Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 202-204-bet.)
«Shuayb (a.s.) avval payg‘ambar etib yuborilgan qavm Madyan shahri aholisi bo‘lib, ular Madyan ibn
Ibrohim (a.s.)ning avlodlaridir. Ularning yashagan joylari Qizil dengizning Aqaba qo‘ltig‘i
sharqiy sohillarida,
Hijozning Shom tarafidadir.
Shuayb (a.s.) ikkinchi bor payg‘ambar etib yuborilgan al-Ayka aholisi qalin daraxtzor vodiyga joylashgan bo‘lib, bu
vodiy Hismay va Sharavray tog‘lari bilan o‘ralgan. al-Ayka shahari hozirda Tabuk deb nomlanadi».
(Doktor Shavqiy Abu
Xalil. Atlasul-Qur’on. Lubnon. 2001. 71-bet.)
Vahb ibn Munabbahdan
rivoyat qilinishicha, Shuayb (a.s.) imon keltirganlarni o‘zlari bilan olib, Makkaga keldilar va shu
yerda vafot etdilar. Ularning qabrlari Ka’baning g‘arbiy tarafidadir.
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 167-bet.)
Dostları ilə paylaş: