2. Namoz dinning ustunidir. Shu’ayb (a.s.)ning qissalarida namozning inson ma’naviyatiga ta’siri o‘z aksini topgan. Payg‘ambarning o‘zlari va tobe’lari ko‘p namoz o‘qiganlaridan, namozning aksi ularning gap-
so‘zlariga, yurish-turishlariga va odob-axloqlariga ta’sir etgan edi. Bu narsa, qavmning nazaridan ham chetda
qolmadi va Shu’ayb (a.s.) qavmlaridan butlarga sig‘inishni tark etib, yolg‘iz Allohga imon keltirishni hamda
tijorat vaqtida toshu tarozidan urib qolmaslikni, oldi-sotdida xiyonatdan saqlanishni buyurganlarida, ular
payg‘ambarlariga:
ْﺄَﺗ َﻚُﺗﻼَﺻَأ ُﺐْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ُءﺎَﺸَﻧ ﺎَﻣ ﺎَﻨِﻟاَﻮْﻣَأ ﻲِﻓ َﻞَﻌْﻔَﻧ ْنَأ ْوَأ ﺎَﻧُؤﺎَﺑﺁ ُﺪُﺒْﻌَﻳ ﺎَﻣ َكُﺮْﺘَﻧ ْنَأ َكُﺮُﻣ ُﺪﻴِﺷﱠﺮﻟا ُﻢﻴِﻠَﺤْﻟا َﺖْﻧﻷ َﻚﱠﻧِإ ) ٨٧ ( «Ular dedilar: «Ey Shu’ayb! Ota-bobolarimiz sig‘inib kelayotgan narsa (ma’bud)larni tark etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to‘g‘ri eding-ku?!» (Hud, 87.) Allohga ruku’ va sajda qilib namoz o‘qish hamma payg‘ambarlarning ham suygan amallari edi va
ummatlariga ham namoz o‘qish farz qilingan edi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlariga ham
Alloh taolo shunday ibodatni farz qildi, u haqda Qur’oni karimning yetmish sakkiz joyida eslatib o‘tgan. Namoz
to‘g‘risida bu yerda batafsil so‘zlashga imkoniyat yo‘q. Faqat namozning inson hayotidagi foydalaridan bittasini
oyati karima orqali eslatib o‘tamiz. Alloh taolo shunday deydi:
ِﺮَﻜْﻨُﻤْﻟاَو ِءﺎَﺸْﺤَﻔْﻟا ِﻦَﻋ ﻰَﻬْﻨَﺗ َةﻼﱠﺼﻟا ﱠنِإ َةﻼﱠﺼﻟا ِﻢِﻗَأَو ِبﺎَﺘِﻜْﻟا َﻦِﻣ َﻚْﻴَﻟِإ َﻲِﺣوُأ ﺎَﻣ ُﻞْﺗا «Sizga Kitob (Qur’on)dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni mukammal ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur!» (Ankabut, 45.) Shuning uchun har bir shaxsni ma’naviy tarbiyasini yaxshilash, jamiyatni esa isloh qilish, ularni xiyonat va
jinoyatdan saqlanishga o‘rgatishning eng samarali yo‘li bu imon va e’tiqodga hamda namoz o‘qishga
o‘rgatishdir.