Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Namoz dinning ustunidir. Shu’ayb (a.s.)ning qissalarida namozning inson ma’naviyatiga ta’siri o‘z



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

2. Namoz dinning ustunidir. Shu’ayb (a.s.)ning qissalarida namozning inson ma’naviyatiga ta’siri o‘z 
aksini topgan. Payg‘ambarning o‘zlari va tobe’lari ko‘p namoz o‘qiganlaridan, namozning aksi ularning gap-
so‘zlariga, yurish-turishlariga va odob-axloqlariga ta’sir etgan edi. Bu narsa, qavmning nazaridan ham chetda 
qolmadi va Shu’ayb (a.s.) qavmlaridan butlarga sig‘inishni tark etib, yolg‘iz Allohga imon keltirishni hamda 
tijorat vaqtida toshu tarozidan urib qolmaslikni, oldi-sotdida xiyonatdan saqlanishni buyurganlarida, ular 
payg‘ambarlariga:
ْﺄَﺗ َﻚُﺗﻼَﺻَأ ُﺐْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ
 ُءﺎَﺸَﻧ ﺎَﻣ ﺎَﻨِﻟاَﻮْﻣَأ ﻲِﻓ َﻞَﻌْﻔَﻧ ْنَأ ْوَأ ﺎَﻧُؤﺎَﺑﺁ ُﺪُﺒْﻌَﻳ ﺎَﻣ َكُﺮْﺘَﻧ ْنَأ َكُﺮُﻣ
 ُﺪﻴِﺷﱠﺮﻟا ُﻢﻴِﻠَﺤْﻟا َﺖْﻧﻷ َﻚﱠﻧِإ
)
٨٧
(
 
«Ular dedilar: «Ey Shu’ayb! Ota-bobolarimiz sig‘inib kelayotgan narsa (ma’bud)larni tark etishimizga 
yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga 
namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to‘g‘ri eding-ku?!» (Hud,
 
87.)
Allohga ruku’ va sajda qilib namoz o‘qish hamma payg‘ambarlarning ham suygan amallari edi va 
ummatlariga ham namoz o‘qish farz qilingan edi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlariga ham 
Alloh taolo shunday ibodatni farz qildi, u haqda Qur’oni karimning yetmish sakkiz joyida eslatib o‘tgan. Namoz 
to‘g‘risida bu yerda batafsil so‘zlashga imkoniyat yo‘q. Faqat namozning inson hayotidagi foydalaridan bittasini 
oyati karima orqali eslatib o‘tamiz. Alloh taolo shunday deydi: 
 ِﺮَﻜْﻨُﻤْﻟاَو ِءﺎَﺸْﺤَﻔْﻟا ِﻦَﻋ ﻰَﻬْﻨَﺗ َةﻼﱠﺼﻟا ﱠنِإ َةﻼﱠﺼﻟا ِﻢِﻗَأَو ِبﺎَﺘِﻜْﻟا َﻦِﻣ َﻚْﻴَﻟِإ َﻲِﺣوُأ ﺎَﻣ ُﻞْﺗا
 
«Sizga Kitob (Qur’on)dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni mukammal ado eting! 
Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur!» (Ankabut, 45.)
Shuning uchun har bir shaxsni ma’naviy tarbiyasini yaxshilash, jamiyatni esa isloh qilish, ularni xiyonat va 
jinoyatdan saqlanishga o‘rgatishning eng samarali yo‘li bu imon va e’tiqodga hamda namoz o‘qishga 
o‘rgatishdir. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin