ٍمْﻮَﻗ ﻰَﻠَﻋ ﻰَﺳﺁ َﻒْﻴَﻜَﻓ ْﻢُﻜَﻟ ُﺖْﺤَﺼَﻧَو ﻲِّﺑَر ِتﻻﺎَﺳِر ْﻢُﻜُﺘْﻐَﻠْﺑَأ ْﺪَﻘَﻟ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗَو ْﻢُﻬْﻨَﻋ ﻰﱠﻟَﻮَﺘَﻓ َﻦﻳِﺮِﻓﺎَآ ) ٩٣ ( «Shuayb ulardan yuz o‘girdi va dedi: «Ey, qavmim! Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Bas, endi kofirlar qavmiga qanday ham qilib hamdard bo‘layin?!»(A’rof, 93. Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 113-bet.) Afif Abdulfattoh Tabbora esa «Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil karim» kitobida esa Madyan qavmi bilan Al-Ayka
aholisini ikki qavm ekanligini, Shuayb (a.s.) avval Madyan qavmiga payg‘ambar etib yuborilganlarini, ular
Allohning payg‘ambarini tan olmaganlari, fisq-fasodni to‘xtatmaganlari, kufrdan tavba qilmaganlari uchun Alloh
taolo Madyan aholisini qattiq ovoz-qichqiriq bilan halok etganini batafsil bayon etadi:
اﻮُﻤَﻠَﻇ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ِتَﺬَﺧَأَو ﺎﱠﻨِﻣ ٍﺔَﻤْﺣَﺮِﺑ ُﻪَﻌَﻣ اﻮُﻨَﻣﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟاَو ﺎًﺒْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻨْﻴﱠﺠَﻧ ﺎَﻧُﺮْﻣَأ َءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻟَو َﻦﻴِﻤِﺛﺎَﺟ ْﻢِهِرﺎَﻳِد ﻲِﻓ اﻮُﺤَﺒْﺻَﺄَﻓ ُﺔَﺤْﻴﱠﺼﻟا ) ٩٤ ( ْﻢَﻟ ْنَﺄَآ ْتَﺪِﻌَﺑ ﺎَﻤَآ َﻦَﻳْﺪَﻤِﻟ اًﺪْﻌُﺑ ﻻَأ ﺎَﻬﻴِﻓ اْﻮَﻨْﻐَﻳ ُدﻮُﻤَﺛ ) ٩٥ ( «Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan bo‘lmish rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, ular uylarida murdaga aylandilar. Go‘yo u yerda oldin yashamagandek (izlari o‘chib ketdi). Ogohlaningki, Samud qavmiga halokat yetgani kabi Madyan qavmiga ham halokat yetsin!». (Hud, 94-95.) Undan so‘ng, «Ashobul-Ayka» haqida shunday yozadi:
«Alloh taolo Madyan aholisini halok etib, Shuayb (a.s.) va boshqa mo‘minlarga najot bergandan keyin,
Shuayb (a.s.)ni al-Ayka aholisiga payg‘ambar qilib yubordi. Shuayb (a.s.) ularga kelib, o‘zlarining payg‘ambarliklarini e’lon qildilar va ularni turli gunohlar va
osiyliklardan saqlanishni buyurdilar. Ularni ham tijoratda adolatli bo‘lishga, tosh-tarozuda xiyonat qilmaslikka
va yaqin atroflaridagi qavmlarga Alloh tarafidan yetgan azob-uqubatlarni ular ham o‘z boshlariga jalb
qilmaslikka chaqirdilar.
Aykaliklar esa, Shuayb (a.s.)ni oramizdagi sehrgarlardan bittasisan, deb haqorat qila boshlashdi. U
kishining payg‘ambarliklarini inkor etishdi: