Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) isloh qiluvchi, xatolarni tuzatuvchi da’vatchini bejiz oynaga o‘xshatmadilar. Buning
uchta hikmati bor:
1. Oyna o‘z yoniga kelgan odamning kamchiligini ko‘rsatib berish uchun o‘zi toza bo‘lishi kerak. Demak,
da’vatchi ham, aytgan gaplarini amalda ko‘rsatish bilan birga, ayb-nuqsonlardan iloji boricha uzoq bo‘lishi
lozim.
2. Oyna yoniga kelgan odamning aybini, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar to‘la ko‘rsatib beradi, yashirib yoki
rioya qilib o‘tirmaydi. Da’vatchi ham boshqalardagi aybni, garchi odamlar oldida oshkora aytmasa ham, lekin
unga loqaydlik bilan qo‘l siltab ketmasdan, alohida joyda sekin aytib, ogohlantirib qo‘yishi lozim.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:
«Kim bir munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan qaytarsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin. Bu ish
ham qo‘lidan kelmasa, dili bilan yomon ko‘rib, o‘sha joydan chiqib ketsin. Uchinchisi imonining zaifligini
bildiradi».
3. Oyna o‘z yoniga kelgan odamlarning ayblarini keyingi kelganlarga oshkor qilib o‘tirmaydi. Demak,
da’vatchi ham ko‘pchilik oldida ma’ruza qilayotganda bir-ikki odamni nishon qilib olmasligi kerak. Biror
odamning aybidan xabardor bo‘lib qolsa, uni boshqalarga oshkor qilmasligi kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
«Yaxshilarning qalblari sirlarning qabrlaridir», - deganlar.
Dostları ilə paylaş: