Shuayb (a.s.)ning qissalaridan ibratlar
Shuayb (a.s.)ning qissalarida, Alloh taolo bu payg‘ambarining faoliyatidan bir necha ibratlar olishimizga
ishora qiladi:
1. Da’vatchi faol va namuna bo‘lishi kerak. Har bir da’vatchi odamlarni biror narsaga chaqirar ekan,
avvalo o‘zi aytganiga amal qiluvchi bo‘lishi kerak. Bu narsa Shuayb (a.s.)ning qavmlariga qilgan xitoblarida
yaqqol namoyon bo‘ladi:
ُأ ﺎَﻣَو ﺎًﻨَﺴَﺣ ﺎًﻗْزِر ُﻪْﻨِﻣ ﻲِﻨَﻗَزَرَو ﻲِّﺑَر ْﻦِﻣ ٍﺔَﻨِّﻴَﺑ ﻰَﻠَﻋ ُﺖْﻨُآ ْنِإ ْﻢُﺘْﻳَأَرَأ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
ْنَأ ُﺪﻳِر
ِﻪْﻴَﻠَﻋ ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ ﻻِإ ﻲِﻘﻴِﻓْﻮَﺗ ﺎَﻣَو ُﺖْﻌَﻄَﺘْﺳا ﺎَﻣ َحﻼْﺻﻹا ﻻِإ ُﺪﻳِرُأ ْنِإ ُﻪْﻨَﻋ ْﻢُآﺎَﻬْﻧَأ ﺎَﻣ ﻰَﻟِإ ْﻢُﻜَﻔِﻟﺎَﺧُأ
ُﺐﻴِﻧُأ ِﻪْﻴَﻟِإَو ُﺖْﻠﱠآَﻮَﺗ
)
٨٨
(
«Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni istamayman. Islohdan o‘zga hech
narsani imkonim boricha xohlamasman. Bunga muvaffaq qilish esa Allohning ixtiyoridadir». (Hud, 88.)
O’zgalarga nasihat, da’vat qilaman, xato-kamchiliklarini ko‘rsataman, degan odam har bir yaxshilikda o‘zi
namuna va ibrat bo‘lishi kerak. Boshqalarga o‘rgatayotgan amalini birinchi bo‘lib o‘zi bajara olishi lozim. Agar
aytgan so‘zi qilgan ishiga mos kelmasa, Alloh tanbeh bergan odamlar qatoriga qo‘shilib qoladi:
َنﻮُﻠِﻘْﻌَﺗ ﻼَﻓَأ َبﺎَﺘِﻜْﻟا َنﻮُﻠْﺘَﺗ ْﻢُﺘْﻧَأَو ْﻢُﻜَﺴُﻔْﻧَأ َنْﻮَﺴْﻨَﺗَو ِّﺮِﺒْﻟﺎِﺑ َسﺎﱠﻨﻟا َنوُﺮُﻣْﺄَﺗَأ
)
٤٤
(
«Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o‘zlaringizni unutasizlarmi?!» (Baqara, 44.)
Da’vatni zimmasiga olgan kishi qilayotgan ishidan faqat Alloh roziligi-yu, boshqalarga manfaat
yetkazishnigina asosiy maqsad qilishi lozim. Shunda Alloh unga najot beradi, uning so‘zida ta’sir bo‘ladi, uni
ma’qullovchilar va unga ergashuvchilar ko‘payadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ummatlarining har biri ana shunday da’vatchilik mas’uliyati yuklangan kishilardir.
Alloh taolo avval ulamolarga:
Dostları ilə paylaş: |