www.ziyouz.com kutubxonasi
71
Alloh taolo Shuaro surasida Shuayb (a.s.)ning qavmini bulutdan chiqqan olov bilan halok qilganini, A’rof
surasida zilzila bilan halok etganini, Hud surasida esa qattiq ovoz bilan halok etganini bayon qiladi. Allohning
azobini takror va turlicha bo‘lganiga qaraganda, Madyan aholisi bilan al-Ayka aholisi Shuayb payg‘ambar qilib
yuborilgan ikki qavm deyish mumkin.
Hofiz ibn Asokir «Shuayb payg‘ambarning tarjimasi»da Abdulloh ibn Amrdan shunday rivoyat keltiradi: «Albatta,
Madyan qavmi bilan al-Ayka Ashoblari ikki qavm-ummat bo‘lib, ularga Shuayb (a.s.) payg‘ambar etib yuborilganlar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 165-bet.) Ulamolar ushbu hadis roviysi Abdulloh ibn Amrning ishonchsizligini aytib o‘tganlar. Ibn Kasir «Qisasul-Anbiyo» kitobida shunday yozadi: «Alloh taolo al-Ayka Ashoblari ustida qilingan mazammatlar:
masalan savdodagi xiyonat, tosh-tarozudan urib qolishlarni Madyan qavmi ustida ham qilgan, ya’ni ikkovining gustohligi
va xatolari bir xil bayon etilgan. Shunga ko‘ra, Madyan aholisi va al-Ayka Ashoblari bir qavm-ummat bo‘lib, ular turlicha
azoblar bilan halok etilgan». (O’sha manba, 166-bet.) Bunday fikr Muhammad Jodul-Mavloning «Qisasul-Qur’on» kitobida ham bayon etilgan: «Alloh taolo Shuaybning duosini qabul etdi va qavmini qattiq issiq bilan azobladi. Issiq shu qadar kuchli
ediki, ularning chanqog‘ini suv qondirolmasdi, haroratni soyalar to‘solmasdi. Ular bunday dahshatli issiqdan
qochib, shaharni tashlab chiqdilar. Lekin ular Allohning qazosidan qochib, yana uning qazosiga yo‘liqqanlarini
bilmas edilar. Osmonda soyabondek turgan qora bulut soyasiga oftob tig‘idan saqlanish uchun bordilar.
Hammalari yig‘ilgandan so‘ng, qora bulutdan yashin chaqnadi, qattiq gulduragan ovoz ularni sarosimaga soldi
va xushlarini oldi. Oyoqlari ostida esa Yer silkinib, zilzila bo‘ldi. Qattiq xavf va dahshatga tushgan qavm jonsiz
tanalarga aylandilar.
Shuayb (a.s.) ularning holiga achindilar, qalblari o‘rtandi. Lekin ularning zalolatdan qaytmaganlarini eslab: