Allohdan ham azizroqmi? Shuning uchun Uni orqangizga (e’tiborsiz) tashlab qo‘ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringizni qamrab oluvchidir». (Hud, 91-92.) Shuayb (a.s.) qavmlarining hidoyatidan umidlarini uzganlaridan va ularning Alloh yuborgan payg‘ambarga
inodlari va tajovuzlari kuchaygandan so‘ng, Allohdan u qavmga azob yuborishini so‘rab duo qildilar:
«Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan». Keyin qavmni ogohlantirib dedilar:
ْﻦَﻣَو ِﻪﻳِﺰْﺨُﻳ ٌباَﺬَﻋ ِﻪﻴِﺗْﺄَﻳ ْﻦَﻣ َنﻮُﻤَﻠْﻌَﺗ َفْﻮَﺳ ٌﻞِﻣﺎَﻋ ﻲِّﻧِإ ْﻢُﻜِﺘَﻧﺎَﻜَﻣ ﻰَﻠَﻋ اﻮُﻠَﻤْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو ٌﺐﻴِﻗَر ْﻢُﻜَﻌَﻣ ﻲِّﻧِإ اﻮُﺒِﻘَﺗْراَو ٌبِذﺎَآ َﻮُه ) ٩٣ ( «Ey, qavmim! Maqomingizda (e’tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman. So‘ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg‘onchi ekanini bilursiz. Kutib turingiz! Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman». (O’sha sura, 93.) Madyan aholisi Shuayb (a.s.)ning kelishi muqarrar bo‘lganazobdan xabar berishlarini shunchaki qo‘rqituv
deb tushunib, parvo qilmadilar. Aksincha, azob kelishiga munkir ekanliklarini quyidagicha tajovuz bilan ifoda
qildilar:
َﻦﻳِﺮﱠﺤَﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻧَأ ﺎَﻤﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ) ١٨٥ ( َﻦﻴِﺑِذﺎَﻜْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﻚﱡﻨُﻈَﻧ ْنِإَو ﺎَﻨُﻠْﺜِﻣ ٌﺮَﺸَﺑ ﻻِإ َﺖْﻧَأ ﺎَﻣَو ) ١٨٦ ( َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا َﻦِﻣ ﺎًﻔَﺴِآ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ ْﻂِﻘْﺳَﺄَﻓ ) ١٨٧ ( «Ular dedilar: «Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan! Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg‘onchi kimsalardan deb gumon qilyapmiz. Bas, agar rostgo‘ylardan