ٌﻦﻴِﺒُﻣ ﱞوُﺪَﻋ ِنﺎَﺴْﻧﻺِﻟ َنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ﱠنِإ اًﺪْﻴَآ َﻚَﻟ اوُﺪﻴِﻜَﻴَﻓ َﻚِﺗَﻮْﺧِإ ﻰَﻠَﻋ َكﺎَﻳْؤُر ْﺺُﺼْﻘَﺗ ﻻ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ) ٥ ( «Ey o‘g‘ilcham! Tushingni akalaringga so‘zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr qilishadi. Zero, Shayton insonga qattiq dushmandir». (Yusuf, 5.) Akalar va Yusuf o‘rtasidagi voqe’alar esa shuning natijasida sodir bo‘ldi.
Farzandlar o‘rtasida adovat paydo bo‘lishining yana bir muhim jihati, otaning ko‘pxotinlikka ruju’ qilishidir.
Qaysi xotin erining e’tiborini aqli bilanmi, axloqi bilanmi yoki makr va ishvasi bilanmi o‘ziga qaratib olsa, otaga
uning farzandi ham suyukliroq bo‘ladi yoki shunga majbur qiladi. Natijada boshqa ayollardan tug‘ilgan
farzandlar qalbida hasad paydo bo‘ladi. Shuning uchun, avval o‘zimning qulog‘im tinsin, qolaversa,
farzandlarim bir-birlariga muhabbatli bo‘lsin, degan har bir oqil kishi xotinlar sonini bittadan orttirmaydi. Alloh
taoloning Qur’oni karimdagi hukmi ham faqat bitta xotin bilan kifoyalanishgadir.
َﺪِﺣاَﻮَﻓ اﻮُﻟِﺪْﻌَﺗ ﻻَأ ْﻢُﺘْﻔِﺧ ْنِﺈَﻓ ًة «Bordiyu (ular o‘rtasida) odil bo‘lolmaslikdan qo‘rqsangiz, bir ayolga uylaning». (Niso, 3.) 2.13. SHUAYB (A.S.) Shuayb (a.s.) arablardan chiqqan to‘rt payg‘ambar(Hud, Solih, Shuayb va Muhammad (s.a.v))larning bittasi bo‘lib,
va’z-nasihatlari juda ta’sirli va fasohatli bo‘lgani uchun «Payg‘ambarlarning xatibi»(Ibn Abbosning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (s.a.v) Shuayb (a.s.) haqlarida gap ketganda: «Bu payg‘ambarlarning xatibi» - der ekanlar) deb nomlanadilar.
(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 199-bet.) Shuayb (a.s.)ning ismlari suryoniycha Yatrundir. U kishining nasablarida ham shajara bilimdonlari biroz ixtilof qilganlar.
To‘liq nomlari Shuayb ibn Yashxar ibn Lovo ibn Ya’qub (a.s.)dirlar. Ba’zi rivoyatda Shuayb ibn Sayfur ibn Ayfo ibn Sobit
ibn Madyan ibn Ibrohim yoki Shuayb ibn Nuvayb ibn Ayfo ibn Madyan ibn Ibrohimdir, deyilgan.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 158-bet.) Shuayb (a.s.)ning buvilari Lut (a.s.)ning qizlaridir.
Madyan(Madyan - Qulzum (Qizil) dengiz sohilida joylashgan shahar) shahri Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan bo‘lgan
Madyan ismli badavlat hukmdor tomonidan qurilgan shahar edi. Bu shahar aholisi arablardan bo‘lib, ular Shomning juda
katta yerini ishg‘ol qilgan Ma’on vodiysida istiqomat qilishardi. Keyinchalik ular Allohni unutdilar, «Al-Ayka» deb
nomlanuvchi qalin shoxli, serbarg bo‘lgan bir daraxtni muqaddas bilib, o‘sha daraxtga sig‘ina boshladilar va kofir bo‘ldilar
Buning ustiga yo‘lto‘sar-qaroqchilik bilan shug‘ullana boshladilar. Tijoratda, savdo-sotiq va o‘lchov ishlarida xiyonatga
berilib, tarozudan urish, hiyla qilish yo‘llari bilan pul topishar edi. Ana shu qabiladan chiqqan Shuayb (a.s.) o‘z qavmlariga
payg‘ambar qilib yuborildilar.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 159-bet.) Shuayb (a.s.) Madyan va Al-Ayka (Al-Ayka – sershoxli, barglari qalin bo‘lgan bir daraxt. Shu daraxtga sig‘inuvchilar istiqomat qiladigan shaharning nomi ham Al-Ayka bulib, hozirda Tabuk deyiladi) aholisini avvalo yolg‘iz Allohga imon
keltirishga va tijoratda halol bo‘lishga chaqirdilar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: