ﱠﻦِﻬْﻴَﻟِإ ُﺐْﺻَأ ﱠﻦُهَﺪْﻴَآ ﻲِّﻨَﻋ ْفِﺮْﺼَﺗ ﻻِإَو ِﻪْﻴَﻟِإ ﻲِﻨَﻧﻮُﻋْﺪَﻳ ﺎﱠﻤِﻣ ﱠﻲَﻟِإ ﱡﺐَﺣَأ ُﻦْﺠِّﺴﻟا ِّبَر َلﺎَﻗ َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ ْﻦُآَأَو ) ٣٣ ( «(Yusuf) dedi: «Ey Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko‘ra zindon ma’qulroqdir. Agar ularning makrlarini mendan darig‘ tutmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolurman».(Yusuf, 33.) Agar Yusuf (a.s.) shahvoniy nafs yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bir besabr ayolning domiga ilinib,
nafs ko‘yiga yurgan va u bilan zinoga qadam qo‘yganlarida, ehtimolki, Alloh taolo u kishini qattiq jazolardi,
ehtimolki o‘limga hukm etilardilar. Alloh taolo azaldan ato etgan poklik sababli o‘zlarini saqladilar, xojalariga
xiyonat qilmadilar, Allohning shariatini buzmadilar, natijada Allohning o‘zi bu itoat va poklikni munosib
taqdirladi. Yusuf (a.s.) qullikdan Misr azizi martabasiga ko‘tarildilar, Zulayxo bilan nopok tarzda uchrashmagan
bo‘lsalar, endi Alloh taoloning marhamati bilan halol-pok nikohlangan zavjalariga aylandi. 5. Sabrning tagi oltindir. Yusuf (a.s.)ning qissalarida insonda mavjud bo‘ladigan barcha sifatlarga
qaraganda qiyinchiliklarga sabr qilish fazilati yuksak darajada ta’rif etilgan. Ya’qub (a.s.)ning musibatlarga
qilgan sabrlari, Yusuf (a.s.)ning qiyinchilik, mashaqqat va xo‘rliklarga qilgan sabrlari go‘zal iboralar bilan bayon
etilgan. Haqiqatan ham, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan savdolar, u kishiga qilingan tuhmatlar, adovatlar
alamiga oddiy inson chidayolmasligi tabiiydir. Payg‘ambarning o‘g‘li, dunyoda eng go‘zal inson, o‘zi ham
payg‘ambar bo‘lgan kishi, mehribon ota-onasi hayot bo‘la turib, o‘zining tug‘ishgan akalari tomonidan xo‘rlanib,
tagi zimiston qorong‘u bo‘lgan quduqqa berahmlarcha tashlab yuborilsa, topib olgan kishilar tomonidan bir
necha tanga bahoga qul qilib sotib yuborilsa, ayollar makriga uchragan, ammo pokligini saqlagan holda quruq
tuhmatga uchrab, el orasida nomi qoralansa, uzoq muddat yer ostida, zax bosgan zindonda jabrlansa, bunday
balolarga chidash mumkinmi? Ammo Yusuf (a.s.) bularning hammasiga Alloh bergan sabr fazilati orqali
chidadilar, bardosh berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sabr xursandchilikning kalitidir», - deganlaridek,
Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan barcha mashaqqatlarga sabr etishlari yaxshilik bilan, xursandchilik bilan
tugadi.