Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Qasosga qodir bo‘la turib, afv etish haqiqiy mardlikdir



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

8. Qasosga qodir bo‘la turib, afv etish haqiqiy mardlikdir. Yusuf (a.s.)ning kechirimlilik sifatiga ega 
ekanliklari ham qissada o‘z aksini topgan. Yosh Yusufni ko‘rolmagan, hasad qilib, uni ham ota-onalari 
mehridan uzoqlatib, ham o‘limini xohlab quduqqa tashlagan, otalari oldiga esa, «Yusufni bo‘ri yeb ketdi» degan 
yolg‘on gap bilan kelgan tuhmatchi akalari shari’at nuqtai nazaridan ham, qonun nuqtai nazaridan ham og‘ir 
jazoga loyiq edilar. Ammo Yusuf (a.s.) akalarini o‘z jigarlari bo‘lgani uchun afv etdilar: 
 َﻦﻴِﻤِﺣاﱠﺮﻟا ُﻢَﺣْرَأ َﻮُهَو ْﻢُﻜَﻟ ُﻪﱠﻠﻟا ُﺮِﻔْﻐَﻳ َمْﻮَﻴْﻟا ُﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ َﺐﻳِﺮْﺜَﺗ ﻻ َلﺎَﻗ
)
٩٢
(
 
«U (Yusuf) dedi: «Bu kun sizlarga ayblov yo‘q. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qiluvchilarning 
rahmlirog‘idir».(Yusuf, 92.)
 
Bunday mardlik sifatidan akalari mahrum edilar. Shuning uchun ham Yusufning nomlari tarixda yaxshilik 
bilan, akalarining nomlari esa yomonlik bilan abadiy qoldi.  
9. O’nta farzand bo‘lsa, o‘rni boshqa. Ushbu qissada ota-onalar uchun ham juda muhim dars borki, 
ba’zilar bunga rioya qilmaydilar. Natijada farzandlarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga sovuqchilik 
tushirib qo‘yadilar.
Har bir farzandning dilida tug‘ma qizg‘onish-g‘ayirlik bo‘lib, o‘zining aka-ukalaridan ko‘ra ko‘proq ota-
onasining e’tiborini jalb qilgisi, maqtoviga sazovor bo‘lgisi keladi. Agar ota-ona uni emas, akasini yoki ukasini 
maqtasa, ularni ko‘proq suysa, hasadi keladi va o‘z jigarlariga nisbatan qalbida adovat, ota-onasiga nisbatan 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
esa nafrat uyg‘onadi. Bunday nafratni esa Ya’qub va Iysu misolida ko‘rib o‘tgan edik. Farzandlar o‘rtasida 
shunday adovat va nafrat uyg‘onmasligi uchun ota-onalar barcha farzandlariga bir xil munosabatda bo‘lishlari 
lozim. Farzandlarning yaxshisi ham, yomoni ham o‘zlarining farzandlaridir, yomonidan kechib el orasida ham, 
Alloh huzurida ham obro‘ga ega bo‘lolmaydilar. Aksincha, mas’ul bo‘ladilar Shunday ekan, har ikki 
jigarbandlarini ham bir xil maqomda ko‘rib, har ikkovining haqqiga ham duoyi xayr qilishlari kerak. Duoyi 
xayrning ijobati sababidan yaxshining yaxshiligi ikki barobarga ortadi, yomonning yomonligi ketib yaxshiga 
aylanadi.
Ya’qub (a.s.)ning qalblari o‘n ikki farzanddan ko‘ra ko‘proq Yusufga moyil edi. Yusufning xulqi-atvori, tabiati 
va siymosida zohir bo‘lgan uning kelajakdagi ulug‘ martaba va risolat egasi ekanligini payqagan Ya’qub (a.s.) 
uni yeru-ko‘kka ishonmasdilar, nazarlaridan chetlatmasdilar. Shuning uchun Yusufga akalari hasad qilishar 
edi. Yusuf o‘zlarining kelajaklaridan bashorat beruvchi tushni ko‘rib, otalariga so‘zlab berganlarida, Yusufni 
akalaridan qattiq qizg‘onadigan bo‘lib qoldilar va unga shunday tayinladilar: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin