Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
69
«Madyan qavmiga o‘z birodarlari Shuaybni payg‘ambar qildik. U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat
qilinglar! Sizlar uchun undan o‘zga iloh yo‘qdir. Va o‘lchov-tarozudan urib qolmanglar. Men sizlarni
yaxshilikda (to‘kin-sochinlikda)
ekanligingizni ko‘rib turibman. Va men sizlarning ustingizga o‘rab
oluvchi kun-qiyomatning azobi tushishidan qo‘rqaman».
“
Ey qavmim! O’lchov va vaznni adolat bilan
to‘la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarni qilib, buzg‘unchilik
qilmangiz!” (Hud,
84-85.
)
Shuayb (a.s.) juda ko‘p namoz o‘qirdilar. U kishining seribodatliklari Madyan aholisiga xush kelmasdi. Ular
ochiqdan-ochiq shakkoklik qilib:
ُءﺎَﺸَﻧ ﺎَﻣ ﺎَﻨِﻟاَﻮْﻣَأ ﻲِﻓ َﻞَﻌْﻔَﻧ ْنَأ ْوَأ ﺎَﻧُؤﺎَﺑﺁ ُﺪُﺒْﻌَﻳ ﺎَﻣ َكُﺮْﺘَﻧ ْنَأ َكُﺮُﻣْﺄَﺗ َﻚُﺗﻼَﺻَأ ُﺐْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ
ُﺪﻴِﺷﱠﺮﻟا ُﻢﻴِﻠَﺤْﻟا َﺖْﻧﻷ َﻚﱠﻧِإ
)
٨٧
(
«Ey Shuayb, bizning otalarimiz ibodat qilgan narsani tark qilishimizga va tijoratda bilganimizni
qilmasligimizga sening shu namozing buyuradimi, aslida o‘zing yuvosh, to‘g‘ri so‘z kishisan-ku».
(O’sha sura, 87.)
, – dedilar va payg‘ambar nasihatini olmasdan masxara qildilar.
Ularning yanada yomonroq odatlari bor edi. Yo‘l boshlariga o‘tirib olib, avvalo Shuaybning huzuriga
kelayotganlarni, ularga Shuayb haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib, qaytarib yuborishardi. Shuaybning oldiga
kelmayotgan, balki yo‘ldan o‘tib ketayotganlardan esa, «yo‘l haqi» solig‘ini undirardilar.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Shuayb qavmi qaroqchi edilar. Ular yo‘l bo‘yiga o‘tirib olishib, o‘tgan-
ketganlardan ushur olishardi. Insoniyat yaralgandan buyon birinchi yo‘lto‘sarlik o‘shalardan chiqqan».
(Ibn
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 160-bet.)
«Shuayb dedi: Ey, qavmim! O’ylab ko‘rdingizmi, agar men Rabbim tomonidan hujjatga ega bo‘lsam va U
meni yaxshi rizq bilan ta’minlagan bo‘lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?) Men sizlarga
muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni xohlamayman. Islohdan o‘zga narsani imkonim
boricha xohlamasman».
Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«(Kofir) odamni keltiradilar va do‘zaxga uloqtiradilar. Uning ichaklari
Dostları ilə paylaş: