Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا َﺮْﺟَأ ُﻊﻴِﻀُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِﺈَﻓ ْﺮِﺒْﺼَﻳَو ِﻖﱠﺘَﻳ ْﻦَﻣ ُﻪﱠﻧِإ



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا َﺮْﺟَأ ُﻊﻴِﻀُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِﺈَﻓ ْﺮِﺒْﺼَﻳَو ِﻖﱠﺘَﻳ ْﻦَﻣ ُﻪﱠﻧِإ
 
«Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo‘rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilarning 
mukofotini zoe’ qilmas». (Yusuf, 90.)
Barcha payg‘ambarlar ham o‘z ummatlariga ibrat bo‘lish uchun har qanday qiyinchilikka sabr etganlari 
payg‘ambarlar tarixidan ma’lum. Shuningdek, musibatlarga sabr etish Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ham ulug‘ 
sifatlaridan biri edi. Alloh taolo Qur’oni karimda U zotning ummatlari bo‘lgan sizu biz musulmonlarga ham 
sabrni buyurgan va natijasi yaxshilik bo‘lishiga va’da bergan: 
 ِﺮِّﺸَﺑَو ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟاَو ِﺲُﻔْﻧﻷاَو ِلاَﻮْﻣﻷا َﻦِﻣ ٍﺺْﻘَﻧَو ِعﻮُﺠْﻟاَو ِفْﻮَﺨْﻟا َﻦِﻣ ٍءْﻲَﺸِﺑ ْﻢُﻜﱠﻧَﻮُﻠْﺒَﻨَﻟَو
 َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا
)
١٥٥
(
 َنﻮُﻌِﺟاَر ِﻪْﻴَﻟِإ ﺎﱠﻧِإَو ِﻪﱠﻠِﻟ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ٌﺔَﺒﻴِﺼُﻣ ْﻢُﻬْﺘَﺑﺎَﺻَأ اَذِإ َﻦﻳِﺬﱠﻟا
)
١٥٦
(
َﺻ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ َﻚِﺌَﻟوُأ
 َنوُﺪَﺘْﻬُﻤْﻟا ُﻢُه َﻚِﺌَﻟوُأَو ٌﺔَﻤْﺣَرَو ْﻢِﻬِّﺑَر ْﻦِﻣ ٌتاَﻮَﻠ
)
١٥٧
(
 
«(Ey Muhammad), Sabr qiluvchilarga xushxabar bering! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning 
mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz», - deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
salavot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular hidoyat topuvchilardir».(Baqara, 155-157.)
 
 
6. Ehsonning mukofoti ehsondir. Alloh taolo Yusuf (a.s.)ga hokimlik va ilm-hikmatni jam qilib berdi. Bu 
ato Yusufning yaxshiliklariga, ixloslariga munosib tuhfa edi. Ammo ilm-hikmat tuhfasi hokimlik va boylik 
tuhfasidan afzaldir. Chunki, payg‘ambarlar nazdida mol-dunyo arzimas mato hisoblanadi. Yusuf (a.s.)ga Alloh 
bergan ilm-hikmat orasida tushlarni ta’vil qilish ne’mati ham bor edi.
Tushlarni ta’vil qilish, undan xulosa chiqarish g‘aybga tajovuz qilish emasdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga 
Allohdan keladigan vahiy turlaridan biri subhi sodiq qorong‘u kechada yaqqol ko‘ringanidek «ro‘‘yoi sodiqa», 
ya’ni rost keladigan tushdan iborat edi.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Ashoblariga Qur’on suralarini qanday 
o‘rgatsalar, istixorani ham shunday o‘rgatardilar». 
«Istixora» deb biror muhim ishni boshlashdan avval, uning natijasini xayrlimi yoki yo‘qmi ekanligini bilish 
uchun o‘qiladigan namoz va undan so‘ng qilinadigan duoni aytiladi. Duodan so‘ng o‘ng yonboshni bosib, yuzni 
qiblaga qilib yotiladi. Alloh taolo tushida unga bashorat beradi. 
Istixora bilan ko‘rilgan tushning ta’viliga qarab biror ishni qilish yoki to‘xtatish g‘aybga tajovuz emasdir. 
Yusuf (a.s.)ning erishgan barcha yaxshiliklari, u kishining avvaldan qilgan yaxshiliklariga: sabr-toqatlariga, 
pokliklariga va ixloslariga mukofotdir. 
Yaxshilik arab tilida ehson deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehsonga shunday ta’rif berganlar: «Ehson, 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin