Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
Shuning uchun Islom ayol kishining begona erkak huzurida ota-onasi, aka-ukasi
yoki eri singari biror
mahramisiz qolishini taqiqlaydi. Chunki, begona erkak va begona ayol bir joyda tursa, albatta,
uchinchisi
shayton bo‘ladi.
4. Poklik – eng ulug‘ fazilatdir. Alloh taolo Yusufdek payg‘ambarini tabiatan pok qilib yaratgan edi.
Shuning uchun barcha imkoniyatlar yaratilib,
eshiklar bekitilib, Allohdan boshqa hech kim guvoh bo‘lishi
mumkin bo‘lmagan bir paytda Yusuf (a.s.)ning pok dillari Zulayhoga emas, balki uning eri bo‘lgan Misr aziziga
xiyonat qilishdan saqladi:
َﻦَﺴْﺣَأ ﻲِّﺑَر ُﻪﱠﻧِإ ِﻪﱠﻠﻟا َذﺎَﻌَﻣ َلﺎَﻗ
َنﻮُﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا ُﺢِﻠْﻔُﻳ ﻻ ُﻪﱠﻧِإ َياَﻮْﺜَﻣ
«Yusuf dedi: «Alloh saqlasin! Axir u(ering)
xojam-ku?! Menga yaxshi joy bergan bo‘lsa?! Zolimlar (xoinlar)
zotan iqbolsiz bo‘lurlar!». (Yusuf, 23.)
Misr zodagonlarining ayollari Yusufning jamolini ko‘rishib, Zulayhoning
qilmishini uzrli deb bilishdi, Yusufni
qiziqtirib: «Shunday
martabali, go‘zal ayol bilan o‘ynab-kulib qolmaysanmi?» - deyishdi. Yusuf (a.s.) ayollar
taklif etgan xiyonatdan yuz o‘girdilar. Ular: «Agar bekangning taklifiga rozi bo‘lmasang, umring zindonda
o‘tadi!» - deb tahdid ham qilishdi. Pokiza Yusuf esa zindonni afzal bildilar:
Dostları ilə paylaş: