Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Yusuf (a.s.) qissasidan dars va ibratlar 
Alloh subhonahu va taolo Qur’oni karimda bir necha payg‘ambarning qissasini keltirgan bo‘lsada, Yusuf 
(a.s.)ning qissalarini «qissalarning go‘zali» deb atagan: 
 َنﺁْﺮُﻘْﻟا اَﺬَه َﻚْﻴَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ ﺎَﻤِﺑ ِﺺَﺼَﻘْﻟا َﻦَﺴْﺣَأ َﻚْﻴَﻠَﻋ ﱡﺺُﻘَﻧ ُﻦْﺤَﻧ
 
«Biz Sizga ushbu Qur’on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga qissalarning go‘zalini aytib berurmiz».( Yusuf, 
3.)
 
Qissaning o‘zi go‘zal bo‘lishi bilan birga, undagi voqe’alarning jarayoni go‘zal. Unda ota mehri
tengsizligining achchiq alami, manmanlikning oqibati, hasad olovining dillarda aks etuvchi adovati, ayollarning 
makri, taqdirning haqligi, poklikning sharafi va sabrning natijasi ochiq-oydin bayon etilgan. Qissaning yakuni 
esa hammasidan go‘zal, ya’ni umumiy yaxshilik va umumiy xursandchilik bilan nihoyasiga yetgan. Kitobxon 
qissani o‘qir ekan, undan ma’naviy zavq olish bilan birga o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan quyidagi dars va 
ibratlarga ega bo‘ladi: 
1. Ya’qub (a.s.)ning Allohga imonlari, uning sinoviga bo‘lgan bardoshlari barchaga ibratdir. Ya’qub (a.s.) 
ulug‘ payg‘ambarning o‘g‘illari, o‘zlari ham ulug‘ payg‘ambar bo‘lib, boshqa payg‘ambarlardek qavmlarining 
tazyiqiga uchramagan bo‘lsalar ham, ammo shaxsiy hayotlari nihoyatda dardli, alamli sinovlarga to‘la bo‘ldi. 
Yoshlik paytlaridayoq otalari Ishoq (a.s.)ning Ya’qubga bo‘lgan alohida e’tibor va muhabbatlarini ko‘rib, 
tug‘ishgan egiz akalari Iysuning qalbida Ya’qubga nisbatan adovat paydo bo‘ldi va bu adovat kattalashib, 
yuzaga chiqib, Iysu Ya’qubga: «Men seni o‘ldiraman», - deydigan darajada zohir bo‘ldi. Ota-onalarining 
tavsiyasi bilan Ya’qub (a.s.) Iroqning Horon shahrida istiqomat qiluvchi Lobon ismli tog‘alari yoniga qochib 
borib jon saqlashga majbur bo‘ldilar. Horonda uylanib, katta oila va bir necha farzandlarga ega bo‘lgan 
bo‘lsalarda, ota-onalaridan yigirma yil hijronda, musofirlikda, g‘ariblikda yashashga majbur bo‘ldilar. 
Ota-ona hijronidan endi qutulib, xotirjam bo‘lganlarida, Alloh taolo sevimli farzandlarining hijroniga duchor 
etdi. Yusuf akalari qalbida paydo bo‘lgan hasad va adovat qurboni bo‘ldilar. Otalari bag‘ridan yulib olinib, 
noma’lum muddatga badarg‘a qilindilar. Endi Ya’qub (a.s.) sevimli farzandlaridan ayriliq-hijron balosiga giriftor 
etildilar. Ammo Ya’qub (a.s.)ning ibrat bo‘ladigan mustahkam imonlari va dars bo‘ladigan sabr-toqatlari bu 
musibatga ham bardosh berishlarida namoyon bo‘ldi. U zotning bardoshlari nochorlikdan o‘zini sabr qilgan 
ko‘rsatib, uchraganga shikoyat qiladigan yoki Allohning taqdiriga qarshi urush ochib, jaza’ qiladigan 
odamlarning bardoshi emas, balki har qanday musibatni Allohning sinovi deb biladigan va o‘zigagina takya 
qilib (suyanib), o‘zidangina yordam so‘raydigan hanif va muxlis kishining bardoshi edi. Shuning uchun 
Yusufning akalari, uni bo‘ri yeb ketganligini aytib, qonga bulangan kiyimni oldilariga tashlaganda, Ya’qub (a.s.) 
shunday javob qildilar: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin