ٌﻢﻴِﻠَﻋ ﱠﻦِهِﺪْﻴَﻜِﺑ ﻲِّﺑَر ﱠنِإ ﱠﻦُﻬَﻳِﺪْﻳَأ َﻦْﻌﱠﻄَﻗ ﻲِﺗﻼﻟا ِةَﻮْﺴِّﻨﻟا ُلﺎَﺑ ﺎَﻣ ُﻪْﻟَﺄْﺳﺎَﻓ َﻚِّﺑَر ﻰَﻟِإ ْﻊِﺟْرا «Avval podshohga borib, meni bu yerga tuhmat bilan zindonga soldirgan ayollarning qismati nima bo‘lganini so‘ra, chunki men bu yerdan chiqqandan keyin yana ularning fitnasiga uchramayin», - dedilar.
Podshoh barcha ayollarni saroyga keltirdi va:
ِﻪِﺴْﻔَﻧ ْﻦَﻋ َﻒُﺳﻮُﻳ ﱠﻦُﺗْدَواَر ْذِإ ﱠﻦُﻜُﺒْﻄَﺧ ﺎَﻣ َلﺎَﻗ «Sizlarning Yusuf haqida fikrlaringiz qanday?», - deb so‘radi. Xonimlar endi yolg‘on gapirishga, inkor
qilishga va tuhmat qilishga imkon topolmadilar:
ٍءﻮُﺳ ْﻦِﻣ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻤِﻠَﻋ ﺎَﻣ ِﻪﱠﻠِﻟ َشﺎَﺣ َﻦْﻠُﻗ «Alloh uchun aytamizki, undan yomonlik sodir bo‘lgan emas, u nihoyatda pok inson, uning pokligiga hech shubha yo‘q», - deb haqiqatni aytdilar.
O’z aybini Zulayho ham e’tirof etdi. Zulayhoning shahodati soqiyning ta’rifiga mos tushdi, Yusuf butunlay
pok inson ekanligi ma’lum bo‘ldi va Podshoh Yusuf (a.s.)ni Misr xazinasi sohibi etib tayinladi. Misr shahar azizi
Qitfir vafot etgandan so‘ng podshoh Yusufni Misr azizi etib ham tayinladi va taqdirning taqozosi bilan uning
xotini Zulayhoga uylantirib ham qo‘ydi.
Yetti yil mo‘l-ko‘lchilik davrida Yusuf (a.s.) katta-katta omborlar qurdirib, xalqdan don yig‘a boshladilar va
omborlarni to‘ldirdilar. Haqiqatan ham, yetti yil mo‘l-ko‘lchilikdan keyin yetti yil qahatchilik boshlandi. Yegulik
hech narsa qolmadi. Yusuf (a.s.) ning tadbirkorliklari atrof mamlakatlariga yoyildi. Hamma oziq-ovqat olib
kelish uchun Misrga borardi. Bunday qahatchilik Kan’onni ham chetlab o‘tmadi. Ya’qub (a.s.) o‘g‘illarini
chaqirib: «Ey o‘g‘illarim, ko‘rib turganingizdek, qahatchilik bizga ham yetib keldi. Karvonlarning xabariga
qaraganda Misr azizi saxovatli, tadbirkor odam bo‘lib, borgan kishining qo‘lini quruq qaytarmayapti ekan. Sizlar
ham borib ashyolaringiz evaziga g‘alla almashtirib kelinglar. Binyomin yonimda qolsin, sizlarning
sog‘inchlaringizni u bilan bosib turaman», - dedilar.
Ya’qub (a.s.)ning o‘g‘illari Misrga kelganlarida Yusuf (a.s.) o‘z akalarini tanidilar va ulardan: «Sizlar
kimsizlar, josus emasmisizlar?» - deb so‘radilar. Akalari: «Alloh saqlasin! Bizlar o‘zining eng suyukli
farzandidan ayrilib g‘am-anduhga qolgan bir payg‘ambarning o‘g‘illarimiz. Bizlar hammamiz o‘n ikki o‘g‘il edik.
Yo‘qolgan inimiz va uning birodari ota bir ona boshqa inilarimizdir. O’sha inimiz biz bilan birga o‘ynab sahroga
chiqqan vaqtda yo‘qolib qolgan edi. Shu sababdan otamiz uning birodarini bizlarga ishonmay o‘zi bilan olib
qoldi», - deyishdi.
Yusuf (a.s.) ularga izzat-ikrom ko‘rsatdilar.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)