Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
ٍتﻼُﺒْﻨُﺳ ِﻊْﺒَﺳَو ٌفﺎَﺠِﻋ ٌﻊْﺒَﺳ ﱠﻦُﻬُﻠُآْﺄَﻳ ٍنﺎَﻤِﺳ ٍتاَﺮَﻘَﺑ ِﻊْﺒَﺳ ﻲِﻓ ﺎَﻨِﺘْﻓَأ ُﻖﻳِّﺪِّﺼﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ُﻒُﺳﻮُﻳ
َﺮَﺧُأَو ٍﺮْﻀُﺧ
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ْﻢُﻬﱠﻠَﻌَﻟ ِسﺎﱠﻨﻟا ﻰَﻟِإ ُﻊِﺟْرَأ ﻲِّﻠَﻌَﻟ ٍتﺎَﺴِﺑﺎَﻳ
)
٤٦
(
«Ey rostgo‘y Yusuf, men sizdan bir tushning ta’vilini so‘ragani keldim. Agar uning ta’vilini aytib
bersangiz, shoyadki sizning bu zindondan qutilishingizga sabab bo‘lsa, u tush shunday: yettita semiz
sigir, ketidan yettita oriq sigirlar kelib, semizlarini yeb qo‘ydi. Keyin yettita ko‘m-ko‘k boshoq, yana
yettita qurigan boshoq ko‘rilgan, shuning ta’vili qanday?».
Yusuf (a.s.) faqat tushlar ta’vilchisi emas, balki Alloh taolo odamlarni isloh
va hidoyati uchun yuborgan
payg‘ambar ham edilar. Shuning uchun tush bahonasida kishilar qalbiga yana Allohga bo‘lgan ishonchni,
imonni solib qo‘yishni xohladilar:
«Bu tushning ta’vili shuki, sizlar yetti yil farovonlikda yashaysizlar. Suvlar serob, hosillar mo‘l, omborlaringiz
g‘alla-donga to‘la bo‘ladi. Uning ketidan yetti
qahatchilik yillari keladi, yomg‘ir yog‘maydi, Nil daryosining suvi
quriydi, bog‘u bo‘stonlar xarob bo‘ladi, don pishmaydi. Undan keyin asta-sekin to‘kin-sochin hayot boshlanadi.
Nil to‘lib oqadi, yomg‘ir serob bo‘ladi, bog‘u bo‘stonlar obod bo‘lib, hayot izga tushadi. Bu ta’vilni men o‘z
ichimdan chiqarmadim, menga Alloh vahiy qilib bildirganini aytdim».
Podshohga
bu gaplar yetkazilgandan keyin, bildiki, bu gap egasi mukammal aql va farosat sohibidir. Darhol
uni zindondan olib kelishga buyurdi. Ammo Yusuf (a.s.)ga elchi kelganda, ozod bo‘lishga shoshilmadilar.
Chunki Yusuf(a.s.)
gunohkor emas, mazlum edilar. Zindondan ham afv etilgan gunohkor sifatida boshlarini
egib emas, o‘z pokliklarini namoyish qilib, bu kishiga zulm qilganlarning tavbasiga tayantirib,
ochiq yuz bilan
ozod bo‘lishni xohlardilar.
Shuning uchun kelgan elchiga:
Dostları ilə paylaş: