ٌﻢﻴِﻟَأ ٌباَﺬَﻋ ْوَأ َﻦَﺠْﺴُﻳ ْنَأ ﻻِإ اًءﻮُﺳ َﻚِﻠْهَﺄِﺑ َداَرَأ ْﻦَﻣ ُءاَﺰَﺟ ﺎَﻣ ْﺖَﻟﺎَﻗ «Sening ahlinga yomonlik qilmoqchi bo‘lgan odamning jazosi nima?», - deb so‘radi.
Misr azizi: «Zindonga tashlanadi», - dedi. Zulayhoning tuhmat tomoniga osongina o‘tayotganini ko‘rgan
Yusuf (a.s.) bor haqiqatni oshkor qilishga majbur bo‘ldilar:
ﻲِﺴْﻔَﻧ ْﻦَﻋ ﻲِﻨْﺗَدَواَر َﻲِه َلﺎَﻗ «(Yusuf) dedi: Uning o‘zi mendan nafsim (jinsiy yaqinlik qilishim)ni talab qildi», - dedilar. So‘zlarining
isboti uchun saroy ahllaridan birining chaqalog‘ini keltirdilar. U:
َﻦﻴِﺑِذﺎَﻜْﻟا َﻦِﻣ َﻮُهَو ْﺖَﻗَﺪَﺼَﻓ ٍﻞُﺒُﻗ ْﻦِﻣ ﱠﺪُﻗ ُﻪُﺼﻴِﻤَﻗ َنﺎَآ ْنِإ ﺎَﻬِﻠْهَأ ْﻦِﻣ ٌﺪِهﺎَﺷ َﺪِﻬَﺷَو ) ٢٦ ( ْنِإَو َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﻮُهَو ْﺖَﺑَﺬَﻜَﻓ ٍﺮُﺑُد ْﻦِﻣ ﱠﺪُﻗ ُﻪُﺼﻴِﻤَﻗ َنﺎَآ ) ٢٧ ( «Agar Yusufning ko‘ylagi oldidan yirtilgan bo‘lsa, Zulayhoning gaplari rost, Yusuf yolg‘onchidir. Agar ko‘ylakning orqasidan yirtilgan bo‘lsa, Yusufning so‘zlari rost, Zulayho yolg‘on gapirdi», - dedi va
Yusuf (a.s.)ni oqladi.
Yusuf (a.s.)ning pokliklariga guvohlik bergan «shohid» haqida bir necha fikrlar mavjud.
As-Sadiydan rivoyat etilishicha, bu shohid Zulayhoning amakisining o‘g‘li edi. Ba’zi olimlar: «Bu shohid beshikdagi bir go‘dak edi» - deydilar. Bu fikrning isboti uchun hadis rivoyat
qilganlar: «Ibn Abbos rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «To‘rtta go‘dak beshikdalik paytida gapirgan: Birinchisi Fir’avn qizining pardozchisini o‘g‘li;
Ikkinchisi Yusuf (a.s.)ning pokliklariga shohidlik bergan bola;
Uchinchisi obid Jurayjning sohibi;
To‘rtinchisi Iyso ibn Maryamdirlar.
Ba’zi olimlarning fikricha, bu shohid Yusufning ko‘ylagi edi.
Misr azizi xotiniga: