www.ziyouz.com kutubxonasi
58
Men yaxshilikni inkor etuvchi, unga yomonlik bilan javob beruvchi insofsiz emasman. Sen eshikni qulflaganing,
pardalarni tushirganing bilan Allohdan hech narsani yashirolmaysan. Chunki U inson ko‘zi ko‘rolmaydigan
narsalarni, hatto dilingga bekitgan narsalarni ham bilib va ko‘rib turuvchidir. Allohning ma’siyatiga bo‘yin
egishimdan, uning g‘azabini keltiradigan ishga qalbimning moyil bo‘lishidan Allohning o‘zi asrasin! Alloh
zolimlarga najot bermaydi» - dedi.
Azizning xotini shunchalik husnu jamoli va mavqeu kamoliga qaramasdan o‘zining xizmatkor qullaridan
birini bu ishga taklif etgan edi. U bo‘lsa, bosh tortdi. Axir, Zulayho kim? Saroyning yagona amirasi, uning
bo‘yrug‘iga itoat etmagan, uning g‘azabidan qo‘rqmagan biror kimsa bormi?! Uning huzuriga mana shunday
taklif bilan kira oladigan odam topiladimi?! Shunga qaramasdan, Zulayhoning o‘zi shuni xohlab, imkon yaratib,
bir qul bo‘lgan Yusufni taklif etsa-yu, u qul malika bilan kayf-safo qilishga noz qilsa!
Mana shunday «noshukrlik» Zulayhoning qalbini o‘ynatdi, g‘azabini qaynatdi, izzat-nafsiga tegdi. U alam va
sharmisorlik alangasida Yusuf (a.s.)dan intiqom olmoqchi bo‘ldi va unga tashlandi. Yusuf (a.s.) ham yomonlikka yomonlik
bilan javob bermoqchi, Zulayhoning zarbasiga zarba qaytarmoqchi bo‘ldilar. Lekin o‘zlaridagi payg‘ambarlik nurining
shu’lasi qalblarini yoritdi, Allohning burhonini ko‘rdilar. Alloh Yusuf (a.s.)ga: «Urushishdan qochish afzalroq,
sakrashishdan o‘zni tiyish afzalroq» - degan vahiy yubordi. Yusuf (a.s.) Rabbilarining vahiysini jon deb qabul qildilar va
eshik tarafga o‘zlarini otdilar. Yusufning ketidan tashlangan Zulayho, ko‘ylaklarining orqasiga chang soldi va uni yirtib
ustilaridan sug‘urib oldi. Eshik oldida esa Misr azizi turardi».( Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 85-bet.) Allohdan qo‘rqqan Yusuf (a.s.) uni rad etib, yuz o‘girdilar va eshikka qarab qochdilar. Zulayhoning qo‘lida
esa Yusuf (a.s.)ning orqasidan yirtilgan liboslari qoldi. Shu vaqt eshikdan kirib kelgan Misr azizi voqeadan
hayron bo‘ldi. Zulayho esa haqiqatni eridan yashirib, Yusuf (a.s.)ga tuhmat qildi va: