Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Bu duo Abdulloh ibn Mas’udning uyidan eshitilayotgan edi. Umar (r.a.) bu haqda Ibn Mas’uddan 
so‘raganlarida, u dedi: «Ya’qub (a.s.) farzandlari haqiga qiladigan duoni sahar paytida qildilar. Alloh taolo: 
«Saharlarda istig‘for aytuvchilar» - deb sahar payti qilingan duoni ijobat etilishiga ishora qildi. Men ham 
saharni g‘animat bilayotgan edim». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«Rabbimiz har kecha dunyo osmoniga tushadi va shunday xitob qiladi: «Biror tavba qiluvchi bormi, 
tavbasini qabul qilaman. Biror narsa so‘rovchi bormi, unga so‘raganini beraman. Biror istig‘for 
aytuvchi bormi, gunohini kechiraman».
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) «sizlarni mag‘firat qilishini yaqinda so‘rayman» - deganlari birodarim 
Ya’qub (a.s.)ning «jum’a kuni so‘rayman» deganlaridir». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 198-bet.)
Yusuf (a.s.)ning akalari otalari va oilalarini olib, Misrga ko‘chib bordilar. Yusuf (a.s.) ularni kutib olib, ehtirom 
bilan saroyga keltirdilar. 
«(Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan so‘ng) u ota-onasini o‘z taxtiga chiqardi va ular (ya’ni 
ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: «Ey, otajon, mana shu (qirq yil) ilgari 
ko‘rgan tushimning ta’biridir. Rabbim uni rost qildi». 
Barchalari sevinchlarini ichlariga sig‘dirolmay, Yusufni ulug‘lab unga ta’zim bajo keltirganlarini ko‘rib, Yusuf 
(a.s.) qo‘llarini duoga ko‘tardilar, Allohga shukr qildilar va fazlini zikr qildilar:
«Ey Robbim, menga mulk berding va menga tushlar ta’vilini o‘rgatding, o‘zing osmonlar va yerni yaratgan 
zotsan. Dunyoda ham, oxiratda ham sen mening do‘stimsan, meni musulmon holda o‘ldirgin va solih 
bandalaringga qo‘shgin». 
Oyati karimaning «u ota-onasini o‘z taxtiga chiqardi» - degan mazmuniga qaraganda, Yusuf (a.s.)ning 
onalari Rohiyl ham hayot bo‘lgan. Ba’zi mufassirlarning fikricha, Alloh Rohiylni tiriltirgan, chunki tushning ta’biri 
amalga oshishi shart edi. 
Ba’zi olimlar: «Taxtga chiqqan onalari emas, balki xolalari «Layyo» edi. Chunki xola ona maqomidadir» - 
degan fikr bildiradilar. 
Ibn Jarir Tabariy aytadilar: «Yusufning onasi u yoshlik paytida o‘lganini ahli kitoblar rivoyat qilganlar. Biz esa ularning 
rivoyatlarini to‘la qabul qilavermaymiz. Allohning oyati karimasi uning tirik bo‘lganligiga dalolat qilyaptimi, biz albatta tasdiq 
etamiz». (O’sha manba, 200-bet.)
Ya’qub (a.s.) bilan Yusuf (a.s.)ning o‘rtalarida bo‘lgan firoq muddatida ham ulamolar turlicha fikrlar 
bildirganlar. Al-Hasan al-Basriydan ikki xil fikr rivoyat qilingan: biri sakson yil, ikkinchisi sakson uch yil. Qatoda, 
o‘ttiz besh yil degan. Muhammad ibn Ishoqning fikricha, o‘n sakkiz yil, ba’zi ahli kitoblardan esa, qirq yil, deb 
rivoyat qilingan. 
Voqe’aning rivoji firoq muddatini aniq hisoblashga imkon beradi. Aksar ulamolarning ittifoq qilishlaricha, Azizning xotini 
Yusufni «birga bo‘lishga» chaqirganda, Yusuf o‘n yetti yoshli yigit edi. Yusuf zindonda yetti yil turgan. Zindondan chiqib
vazir bo‘lgandan keyin yetti yil mo‘l-ko‘lchilik bo‘ldi. Keyingi yetti yillik qahatchilikning birinchi yilida akalar Yusufning oldiga 
yordam so‘rab keldilar, ikkinchi yilida Binyominni olib keldilar, uchinchi yilida esa, otalari va butun oila a’zolari bilan birga 
ko‘chib keldilar.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 199-bet.) 
«Yusuf (a.s.) Misrga kelganlarida o‘n yetti yoshda edilar. Misr azizining uyida o‘n uch yil turdilar. O’ttiz yoshga 
kirganlarida Fir’avn o‘ziga vazir qilib oldi. Vasiyatlarini akalari Yahuzoga qildilar va bir yuz o‘n yoshlarida vafot 
etdilar.(Tarixi Tabariy. 1-j. 235-236-bet.)
Ya’qub (a.s.) o‘g‘lilari va butun oila a’zolari bilan Misrga ko‘chib keldilar. Ular Balbis viloyatining Joshir shahariga yetib 
kelganlarida, Yusuf (a.s.)ga xabar qilindi. Yusuf (a.s.) bilan birga Fir’avn Ar-Rayyon ibn Al-Valid (Ba’zi manbalarda Al-
Valid ibn Ar-Rayyon)
saroy a’yonlari bilan Yusufning hurmati uchun otalarini istiqboliga chiqdi va izzat-ikrom ko‘rsatib 
kutib oldi. Ya’qub (a.s.)ga Balbisning shimolidagi Joshon (hozirda Siftul-Hanna deyiladi) yerlarini in’om qildi.
Ya’qub (a.s.) Misrda yana o‘n yetti yil yashadilar. Umrlarining oxirida farzandlarining har biriga alohida-
alohida vasiyat qildilar. Ularning zurriyotlari haqida alohida bashoratlar berdilar. Navbat Yahuzoga kelganda, 
uning naslidan ulug‘, ko‘pchilik itoat qiladigan payg‘ambar zuhur qilishini bashorat qildilar. Bu bashorat Iyso 
(a.s.)ning haqlarida edi. 
Ya’qub (a.s.) Misrga kelgan vaqtlarida bir yuz o‘ttiz yoshda edilar. Bir yuz qirq yetti yoshda vafot etdilar. 
Ya’qub (a.s.) vafot etganlarida Misr ahli yetmish kun yig‘ladi. Yusuf (a.s.) otalarini moylatdilar va shu holatda 
qirq kun turdi. 
Yusuf (a.s.) podshohdan izn oldilar va otalari qilgan vasiyatni amalga oshirib, jasadni Shomga olib bordilar 
va Ibrohim (a.s.) hamda Ismoil (a.s.)lar dafn etilgan Hibrundagi g‘orga dafn etdilar.
O’z navbatida Yusuf (a.s.)ga ham o‘lim yetib keldi. Yusuf (a.s.) bir yuz o‘n yoshlarida Misrda vafot etdilar. 
Bani Isroil Muso (a.s.) bilan birga Misrdan Falastinga qaytayotganlarida Yusufning jasadini ham «Tobuti 
sakina» nomli tobutda Falastinga olib kelishgan. Hozirda Yusuf (a.s.)ning tobutlari Madina tul-Xalil 
(Hibrun)dagi Al-Makfiyla g‘oridadir.


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin