َنﻮُﻔِﺼَﺗ ﺎَﻣ ﻰَﻠَﻋ ُنﺎَﻌَﺘْﺴُﻤْﻟا ُﻪﱠﻠﻟاَو ٌﻞﻴِﻤَﺟ ٌﺮْﺒَﺼَﻓ اًﺮْﻣَأ ْﻢُﻜُﺴُﻔْﻧَأ ْﻢُﻜَﻟ ْﺖَﻟﱠﻮَﺳ ْﻞَﺑ َلﺎَﻗ «(Yaqub) dedi: «Yo‘q! Sizlarni (o‘z) nafsingiz (bunday mudhish) ishga undagan. Bas, (mening burchim) chiroyli sabrdir. Sizlar tavsiflayotgan narsa ustidan Alloh (menga) madadkordir».(Yusuf, 18.) Yusufning akalari Misrga birga olib borish uchun otalaridan kenja o‘g‘illari Binyominga ruxsat so‘rashganda,
ularning makrlari zahridan bir marta totib ko‘rgan bo‘lishlariga qaramasdan, Allohning irodasisiz tikon ham
kirmasligiga bo‘lgan imonlari tufayli Binyominni ham birga qo‘shib berdilar va dedilar:
َﻦﻴِﻤِﺣاﱠﺮﻟا ُﻢَﺣْرَأ َﻮُهَو ﺎًﻈِﻓﺎَﺣ ٌﺮْﻴَﺧ ُﻪﱠﻠﻟﺎَﻓ «Zotan, Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U mehribonlarning mehribonrog‘idir». (Yusuf, 64.) Ya’qub (a.s.)ning imonda mustahkam ekanliklari o‘g‘illarini «yomon ko‘zlar tushmasligi» uchun Misrga turli
darvozalardan kirish nasihatini qila turib, Allohga tavakkul qilganlari va o‘g‘illarini ham shunga da’vat
qilganlarida ochiq namoyon bo‘ladi:
َﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋَو ُﺖْﻠﱠآَﻮَﺗ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ِﻪﱠﻠِﻟ ﻻِإ ُﻢْﻜُﺤْﻟا ِنِإ ٍءْﻲَﺷ ْﻦِﻣ ِﻪﱠﻠﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﻜْﻨَﻋ ﻲِﻨْﻏُأ ﺎَﻣَو َنﻮُﻠِّآَﻮَﺘُﻤْﻟا ِﻞﱠآَﻮَﺘَﻴْﻠ «Men sizlardan Allohning biror hukmini qaytara olmayman. Hukm faqat Allohning izmidadir. Ungagina tavakkul qildim. Barcha tavakkul qiluvchilar ham Uning O’zigagina tavakkul qilsinlar».(Yusuf, 67.) Ya’qub (a.s.)ning o‘g‘illariga Misrga turli darvozadan kirishga, jamlanib kirmaslikka buyurganlarining sababi
shuki, Allohga tavakkul qilgan kishi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bo‘sh qo‘yib yuborilgan tuyasini yo‘qotgan bir
a’robiyga: «Avval tuyangni tushovlab, keyin Allohga tavakkul qilgin!» - deganlaridek, avval ehtiyot
chorasini ham ko‘rib, keyin tavakkul qilsin.
Ya’qub (a.s.)ga musibat ustiga musibat, hijron ustiga hijron bo‘ldi, ya’ni Misr azizi «o‘g‘irlik qilgani uchun»
Binyominni asirlikda olib qoldi. Bu musibatga ham bag‘rilari keng bo‘lgan Ya’qub (a.s.) faqat Allohdan najot
kutdilar:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)