Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
74
«U dedi: «Ey qavmim! Allohga sig‘iningiz! Sizlar uchun Undan o‘zga iloh yo‘qdir. O’lchov va
vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha)
yaxshilikda ko‘rib turibman va men sizlarga (hammani)
qamrab oluvchi kun (qiyomat)
ning azobi (bo‘lishi)
dan qo‘rqaman. Ey qavmim! O’lchov va vaznni adolat
bilan to‘la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarni qilib, buzg‘unchilik
qilmangiz!». (Hud,
84-85.)
Alloh taolo Qur’oni karimda ham musulmonlarni sudxo‘rlikdan qaytarish, ularga tijoratni halol qilib berish
bilan birga, oldi-sotdi paytida xaridorning haqqini rioya qilishga buyuradi.
Ba’zi tijorat ahllari tezroq va ko‘proq pul topish maqsadida ba’zan qalloblikka, ba’zan esa nopoklikka qo‘l
urib boshqalarning cho‘ntagini qoqib olishga urinadilar va shu yo‘l bilan molu-dunyo orttiradilar. Bu xildagi
tirikchilik musulmonchilik qonun-qoidalariga, insofga zid amal bo‘lib, Alloh taolo musulmonlarni bunday
nopoklikdan saqlanishni buyurgan:
Dostları ilə paylaş: