edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. Bas ikki kunda yetti osmonni xalq qildi va har bir osmonga o‘z vazifasini vahiy qildi» . (Fussilat, 9-12.) Abdulloh ibn Salom shunday deydi: «Alloh taolo olam yaratishni yakshanba kundan boshladi. Yakshanba
va dushanba kunlarida yerlarni yaratdi. Seshanba va chorshanba kunlari yemishlar va tog‘larni yaratdi.
Payshanba va jum’a kunning avvalida osmonlarni yaratdi. Jum’a kunining oxirida esa Odamni yaratdi».
Muhammad ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlar: «Alloh yaratishni dushanba kunidan boshlagan» - deydilar.
Ahli Injillar: «Alloh yaratishni yakshanbadan boshlagan» - deydilar. Biz, musulmonlar Rasululloh (s.a.v)ning
so‘zlariga asoslanib: «Alloh olamni olti kunda yaratgan, boshlanishi esa shanba kunidir», - deb e’tiqod
qilamiz». (Tarixi Tabariy. Qohira. 1939. 1-j. 30-bet.) 1.3. Iblisning takabburligi Alloh taolo obro‘ va martaba bergan maxluqlarning eng birinchisi Iblis edi. Iblis farishtalarning «jin» ismli
qabilasidan bo‘lib, nihoyatda go‘zal, mukarram qilib yaratilgan edi. Farishtalarning bu qabilasi jannat
nazoratchilari edilar. Alloh Iblisni dunyo osmoni va Yerga podshoh etib tayinladi. O’zini yaratgan va shunday
ulug‘ martabalar bergan Allohga takabburlik qildi, xudolik da’vosini qilib, qo‘l ostidagilarni o‘ziga ibodat qilishga
buyurdi va osiy bo‘ldi. Alloh uni masx qilib, Shaytonga aylantirdi, o‘z dargohidan haydadi va la’natladi.
Qatoda (r.a.) aytadilar:
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا يِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَآ َﻢﱠﻨَﻬَﺟ ِﻪﻳِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَﻓ ِﻪِﻧوُد ْﻦِﻣ ٌﻪَﻟِإ ﻲِّﻧِإ ْﻢُﻬْﻨِﻣ ْﻞُﻘَﻳ ْﻦَﻣَو ) ٢٩ ( «Ulardan qaysi biri: «Men ham (Alloh)dan o‘zga bir ilohman», desa, bas, Biz o‘shani jahannam bilan jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz», (Anbiyo, 29) - degan oyati karima xossatan Iblis
haqidadir».
Ibn Abbos (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Yerda «jin» toifasini yaratgan edi. Ularning xilqati
olovning tilidan edi. Yerda fasodni kuchaytirdilr. Bir-birlarini o‘ldirdilar. Allohga itoat qilishdan chiqib ketdilar.
Alloh ularga qarshi Iblis boshchiligida farishtalarni yubordi. Iblis bilan jinlar orasida qattiq urush bo‘lib, jinlar
tog‘larga va orollarga qochib ketdilar.
G’alabadan mag‘rurlangan Iblisning dilida «Men hech kim qilmagan ishni qildim», degan kibr paydo bo‘ldi.
Bu kibrni farishtalar sezmadilar, ammo Alloh undan xabardor edi».
Sa’d ibn Mas’ud rivoyat qilgan ushbu xabar yanada ajibroq. Uning aytishicha, Yerda fasod qilgan jinlar bilan
jang qilgan farishtalar yoshgina Iblisni ushlab olib, osmonga olib chiqqanlar. Iblis farishtalardan Allohga ibodat
qilishni o‘rganib, qattiq muxlis bo‘lib, juda ko‘p ibodat qilgan va Allohning huzurida yuqori martabalarga
erishgan. Allohning huzurida «Azozil», «Horis», «Hakam» degan nomlarga ega bo‘lgan.
Alloh taolo Iblisning ana shunday ulug‘ martabada bo‘lib turgan, Yeru osmonning podshosi, farishtalarning
ustozi, jannat xazanalaridan biri maqomini egallab turgan bir vaqtda Odamni yaratishni iroda qildi.