birinchisi qalamdir. Alloh unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Shu onda hamma narsa yozildi» - deganlarini
eshitdim. 2. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qildilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Alloh yaratgan narsalarning eng birinchisi qalamdir. Unga hamma narsani yozishni buyurdi». 3. Ato dedilar: «Men Valid ibn Uboda ibn As-Somitdan «Otanggizning o‘lim oldidan sizga qilgan vasiyatlari
qanday bo‘ldi?» - deb so‘radim. Ato shunday javob berdi: «Otam meni yonlariga chaqirdilar va dedilar: «Ey
o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Bilginki, yolg‘iz Allohga imon keltirmaguningcha va taqdirning yaxshisi ham,
yomonligi ham Allohdan deb bilmaguningcha, ilm ham o‘rgana olmaysan, Allohdan ham qo‘rqmaysan. Men
buni Rasululloh (s.a.v)dan eshitganman. U kishi shunday deganlar: «Alloh taolo hamma narsadan avval Qalamni yaratdi, unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Qalam: «Yo Rabbim, nimani yozaman?» - deb so‘radi. Alloh unga: «Qadarni yoz!» dedi. Qalam shu onda bo‘lgan va bo‘ladigan barcha narsalarni yozdi». Alloh taolo qalamni yaratib, unga hamma bo‘ladigan narsalarni yozdirib, keyin yumshoq bulutni yaratdi.
Abu Razin Al-Uqayliy shunday rivoyat qildilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning rasuli, Yeru
osmonlar yaratilmasdan oldin Alloh taolo qaerda edi?», - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v) shunday javob
berdilar:
«Alloh avval tagida ham, ustida ham havo bo‘lgan yumshoq bulut ustida edi. Keyin suv ustida Arshini yaratdi». Ibn Abbos (r.a.)dan «Allohning Arshi suvning ustida» degan oyatning tafsirida: «Suv nimaning ustida edi?» -
deb so‘ralganda, Ibn Abbos (r.a.): «Suvni shamol ko‘tarib turardi», - deganlar.
Qosim ibn Hasan rivoyat qilgan hadisda Zamra shunday deydi: «Alloh taolo avval qalamni yaratdi. Keyin
shu qalam bilan o‘zi yaratadigan narsalarni ham, bandalardan sodir bo‘ladigan ishlarni ham bir kitobga yozdi.
Keyin ana shu kitob dunyo yaratilmasidan oldin ming yil Allohga tasbeh va tamjid aytdi. Qachonki Alloh
dunyoni yaratishni iroda qilgandan so‘ng osmonlar va Yerni hamda undagi mavjudotni olti kunda yaratdi va bu
kunlarning har biriga alohida - Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’fas va Qarashat, deb nom berdi».
Zahhok va Atodan rivoyat qilingan hadisda dunyoning yaratilishi olti kun deyiladi. Vahb ibn Munabbahdan
esa yetti kun deb rivoyat qilingan. Biroq, ikki hadisning ma’nosi bir-biriga ixtilofli emas, chunki Alloh taolo
Qur’oni karimda ham: