www.ziyouz.com kutubxonasi
10
bilan kutgan payg‘ambarning Iyso emasligini da’vo qilish maqsadida odamzod tarixidan, xususan nasroniylar
tarixidan ming yilni qisqartirib tashlaganlar.
Majusiylarning hisob-kitoblariga qaraganda Qayumars (Odam)dan Payg‘ambarimiz (s.a.v)gacha bo‘lgan
zamonning muddati uch ming bir yuz o‘ttiz to‘qqiz(3139) yil bo‘lib, podshoh Qayumars ayni bashariyatning
otasi – Odam (a.s.) ekanliklari da’vo qilinadi.
Odamzodning tarixi ko‘rib o‘tganimizdek turli toifalarda turli muddat bilan hisob-kitob qilinsa ham, tarixchi
olimlarning ba’zilari birinchisini, ba’zilari ikkinchisini, yana ba’zilari esa uchinchisini quvvatlaydilar. To‘rtinchi
toifalar esa:
«Tarixchilar tilga olayotgan Qayumars nomli shaxs Odam ota emas. U kishi Jomir ibn Yofas ibn Nuh bo‘lib,
Nuh payg‘ambar xizmatlarida uzoq vaqt bo‘lgan, Nuh (a.s.)ning duolari sharofati bilan podsholikka ega bo‘lib,
uzoq umr ko‘rgan va podsholik uning zurriyotidan hech arimagan. Qayumars forslarning otasi bo‘lib, uning
zurriyotidan podshohlik musulmonlar davrigacha yetib kelgan. Musulmonlar fors shaharlarini fath qilib, Kisro
mamlakatiga kirib borganlaridan keyingina Qayumars zurriyotlari qo‘lidan podshohlik ketdi»
,(Tabariy. Tarixil- umam val-muluk. Qohira. 1939. 1-j. 13-bet.) – deydilar.
Zamon kecha va kunduzning soatlaridan tashkil topgan bo‘lsa, uning harakati kecha va kunduzning
almashinuvidan hosil bo‘lsa, ikkovidan qaysi biri oldin yaratilgan, kechami yoki kunduzmi?
Bu savolga javob berishda ulamolar ikki toifaga bo‘linadilar. Birinchi toifa deydilar:
«Alloh taolo kechani avval yaratgan. Chunki, qachon quyoshning nuri kelsa, kecha chekinadi. Quyosh
botsa, olamni zulmat qoplaydi. Quyosh va oy yaratilgandan keyingina yorug‘lik paydo bo‘ldi, yorug‘liksiz
hamma joyda qorong‘ulik hukmron, shunday ekan, avval kecha va keyin kunduz yaratilgan. Bu haqda
Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan:
«Kecha kunduzdan avval yaratilganmi?»,- deb so‘ralganda, Ibn Abbos: «Bilmaysizmi, Yeru osmonlar
sochilib yotgan paytda, ularning orasida faqat zulmat bor edi. Mana shu narsa, kunduzdan avval kecha
bo‘lganligini ko‘rsatadi»,- deb javob berdilar».(O’sha manba, 43-b.)