bo‘lmadi.(Alloh) aytdi: «Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone’lik qildi?» U dedi: «Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding». Alloh aytdi: «Undan (jannatdan) chiq! Jannatda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan». U (Iblis) dedi: «Menga insonlar tiriltiriladigan kungacha muhlat ber!» Alloh dedi: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan». U (Iblis alamidan) dedi: «Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening to‘g‘ri yo‘ling (islom dini) uzra odamlarni chalg‘itish uchun o‘tiraman. So‘ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o‘ng tomonlaridan va so‘l tomonlaridan (chalg‘itish uchun) kelaman. Natijada ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan». (Alloh) aytdi: «Jannatdan ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning barchangiz bilan jahannamni to‘ldirajakman».(A’rof, 11-18.) Shayton avvalgi maqomini o‘rtaga solib Allohdan qiyomatgacha unga muhlat berishini so‘radi. Alloh unga
muhlat bergandan so‘ng, shayton tavba qilish o‘rniga alamzadalik bilan Odamdan o‘ch olmoqchi bo‘lib: «Ey
Odam, sen mening xorlanishimga sabab bo‘lding, men zurriyotlaringni oldilaridan ham, orqalaridan ham, o‘ng
taraflaridan ham, chap taraflaridan ham kelib vasvasa va ig‘vo qilaveraman, yo‘ldan ozdiraveraman, ko‘plarini
Allohning ne’matlariga shukr aytmaydigan insonlarga aylantiraman!» deb qasam ichdi.
Parvardigor ham insonlarni: «Shayton sizlarga ochiq bir dushmandir», - deya ogohlantirdi va shaytonga qarata: «Seni va senga ergashgan kishilarni Men ham do‘zax azobida yondiraman!» - deb ahd qildi.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalardan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Alloh taolo Iblisni
jannatdan quvganidan keyin uni osmonda uchib yuradigan va jannatga qayta tushmaydigan qildi. Odamni esa
jannatda makon qildirdi. Odam (a.s.) jannatda yashasalarda, yolg‘izlikdan hadiksirar va qalblari taskin topmas
edi. Bir kuni uyqudan uyg‘onsalar, bosh tomonlarida bir ayol kishi o‘tiribdi. Undan: «Sen nima uchun
yaratilding?», - deb so‘radilar. Ayol: «Men bilan qalbinggiz taskin topsin uchun», - dedi. Odam (a.s.) ayolni
«Havvo» deb nomladilar.
Alloh taolo Odam (a.s.)ni Havvoga uylantirdi va ularga:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)