Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


(a.s.) Hindistonga tushganlar», -



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

(a.s.) Hindistonga tushganlar», -
deganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001.)
Ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlarning rivoyatlaricha, Odamning tushirilgan joyi Hindistonning Ad-Dahnaj va 
Al-Mandal shaharlari orasidagi Bahyal vodiysining Vosim tog‘idadir».(Tarixi Tabariy, 1-j. 81-bet.)
Odam farishtalarni ko‘rishdan, ularning suhbatini eshitishdan mahrum bo‘lganlaridan keyin, yuraklariga 
g‘ulg‘ula tushib, zerika boshladilar va bu holatlaridan Allohga namoz va du’olarida shikoyat qildilar. Alloh taolo 
Odamni Makkaga borishga buyurdi. Odam (a.s.) Makkaga borar ekanlar, qadamlari yetgan joy keyinchalik 
obod qishloq va shaharlarga aylandi. 
Odam (a.s.) Makkaga yetganlarida Alloh jannatdan bir qizil yoqut chiqarib, hozirgi Ka’ba o‘rniga qo‘ydi. 
Odam (a.s.) uni tavof qilib yurdilar. Allohning To‘foni boshlangach, yoqut yana osmonga olib chiqib ketildi. 
Qachonki, Ibrohim payg‘ambar kelib, Ka’bani qurishga taraddud ko‘rdilar, Alloh o‘z payg‘ambariga Ka’baning 
o‘rnini ko‘rsatib berdi:


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
 َﻦﻴِﻤِﺋﺎَﻘْﻟاَو َﻦﻴِﻔِﺋﺎﱠﻄﻠِﻟ َﻲِﺘْﻴَﺑ ْﺮِّﻬَﻃَو ﺎًﺌْﻴَﺷ ﻲِﺑ ْكِﺮْﺸُﺗ ﻻ ْنَأ ِﺖْﻴَﺒْﻟا َنﺎَﻜَﻣ َﻢﻴِهاَﺮْﺑﻹ ﺎَﻧْأﱠﻮَﺑ ْذِإَو
 ِدﻮُﺠﱡﺴﻟا ِﻊﱠآﱡﺮﻟاَو
)
٢٦
(
 
 
«(Ey Muhammad,) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o‘rnini belgilab berib, (unga shunday dedik)
«Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, namozda tikka turuvchilar
ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni, hojilar va namozxonlar) uchun poklagin!»(Haj, 26.)
 
 
Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni jannatdan chiqarishni iroda qilganda, u kishiga 
bu dunyoda tirikchilik uchun qilishi lozim bo‘lgan kasb-hunar, dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi, jannat ne’matlari va 
mevalaridan o‘ttiz turini ozuqa tariqasida tayyorlab berdi. Ularning o‘ntasi po‘stlik mevalar, o‘ntasi danakli 
mevalar, qolgan o‘ntasi esa danagi ham, po‘sti ham yo‘q bo‘lgan mevalar edi. Mana shu dunyoda yeyiladigan 
barcha mevalar jannatdan chiqqan, ammo jannatdagisi aynimaydi, dunyodagisi esa ayniydi. Odam (a.s.) 
o‘zlari bilan jannatning xushbo‘yini olib chiqqan edilar. Shuning uchun, Hindistonda o‘sadigan barcha daraxtlar 
va butalar xushbo‘ydir». 
Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.) jannatdan bir xalta olib 
chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: «Bu nima?» - deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): «Sizni 
jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa shu» - deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Uning vazni yuz 
ming sakkiz yuz dirham og‘irligida edi. Odam (a.s.): «Buni men nima qilaman?» - deb so‘radilar. Jabroil donni 
Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi. 
Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi. Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari 
bilan boshoqdan ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir 
qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non pishirdilar. Dunyoda birinchi bor 
dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi Odam (a.s.)dirlar. 
Ibn Abbos(r.a.) aytadilar: «Hajar-ul-asvad ham Odam bilan birga jannatdan chiqqan va Musoning 
hassasidan ham, oppoq qordan ham oqroq edi. Odam (a.s.) uchun jannatdan bolta ham tushirildi».
Shunday qilib, Odam va Havvoning oldida, kelajakdagi zurriyotlari oldida endi rohatbaxsh jannat emas, 
balki ikki yo‘l paydo qilindi. Yo zalolat, yo hidoyat! Yo imon, yo kufr! Yo najot, yo ofat! 
Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z farzandlarini tarbiyalash va ularga Haq yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambar qilib 
yubordi.  
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Men masjidga kirdim. Rasululloh (s.a.v) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Yonlariga borib 
o‘tirdim. Rasululloh (s.a.v) menga:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin