Odam (a.s.) qissasidan dars va ibratlar
Odamning yaratilishi va unga barcha farishtalar hurmat bajo keltirib sajda qilgan holda, Iblis Odamni
mensimasdan takabburlik bilan sajdadan bosh tortgani haqidagi qissa Qur’oni karimning turli suralarida qayta-
qayta zikr etiladi. Sababi bu qissada musulmonlar uchun bir qator dars va ibratlar mavjud.
1. Insoniyatning boshqa maxluqot va mavjudotlardan ulug‘ligi.
Avvalo, bu qissa orqali Alloh taolo Odamning Yer yuziga xalifa, ya’ni Yer yuzining egasi, xo‘jayini qilib
yaratgani xabarini bermoqda.(Baqara, 30.)
Alloh taolo Odamni boshqa maxluqotlarga, hatto farishtalarga ham nasib etmagan moddiy dunyoni bilish va
tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni ilm bilan ziynatladi, unga kelajakda foydalanish va barchasiga egalik qilish
uchun jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi. Mufassir olimlarning fikrlaricha,
ﺎَﻬﱠﻠُآ َءﺎَﻤْﺳﻷا َمَدﺁ َﻢﱠﻠَﻋَو
«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi»,(Baqara, 31.)
- oyati karimasida insonga
berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani
tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim
darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Bunday bilim sohibi bo‘lgan Odamning ulug‘ligini bildirish uchun farishtalarni unga sajda qilishga buyurdi.
Bu martaba faqat Odam otaning o‘zinigina emas, balki uning barcha zurriyotlarining ham martabalaridir.
Bunga quyidagi oyati karima dalolat qiladi:
ﻰَﻠَﻋ ْﻢُهﺎَﻨْﻠﱠﻀَﻓَو ِتﺎَﺒِّﻴﱠﻄﻟا َﻦِﻣ ْﻢُهﺎَﻨْﻗَزَرَو ِﺮْﺤَﺒْﻟاَو ِّﺮَﺒْﻟا ﻲِﻓ ْﻢُهﺎَﻨْﻠَﻤَﺣَو َمَدﺁ ﻲِﻨَﺑ ﺎَﻨْﻣﱠﺮَآ ْﺪَﻘَﻟَو
ﻼﻴِﻀْﻔَﺗ ﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ ْﻦﱠﻤِﻣ ٍﺮﻴِﺜَآ
)
٧٠
(
«Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini aziz va mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-
ulov, kemaga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O’zimiz yaratgan
Dostları ilə paylaş: |